Magnitlanish egri chizig’i. Ferromagnetiklarning harakterli xususiyati induksiya va maydon kuchlanganligi orasidagi murakkab chiziqli bo’lmagan bog’lanishdan iborat. Bu bog’lanishni A.G. Stoletov klassik ishlarida yumshoq temir misolida aniqlagan edi. Ferromagnitiklarda induksiya ning magnit maydon kuchlanganligi ga bog’lanishi (1-rasm) da ko’rsatilgan. Dastlab induksiya tez ortadi, ammo magnitikning magnitlanishiga qarab uning ortishi susayadi. Induksiyasi va maydon ning qiymatlariga qarab magnetikning magnitlanishi
(hajm birligangi magnit momenti) ni aniqlash mumkin.
Ferromagnitiklar uchun J ning ga bog’liqligi tasvirlangan (2-rasm). Rasmda dastlabki magnit momenti nol bo’lgan ferromagnitlarning magnitlanish egri chizig’i ko’rsatilgan. Bu asosiy yoki nol tartibli magnitlanish egri chizig’i deyiladi. Induksiyaga o’xshab magnitlanish ham dastlab tez ortadi, so’ngra to’yinishi bo’ladi, bunda kuchlanganligiga bog’liq bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |