Miniatura san’ati tarixini kuzatar ekanmiz, uning ildizlari tarixning eng qadimiy, ayni paytda teran qatlamlariga borib taqalishining guvohi bo‘lamiz. O‘rta Sharq mamlakatlarida badiiy bezatilgan qadimiy qo‘lyozmalarga oid ilk ma’lumotlar eramizgacha bo‘lgan VII—VI asrlarga tegishlidir. Shundan beri bu yerlarda taraqqiyot o‘ziga xos bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Uslublar, estetik ideallar, tasviriy vositalar o‘zgardi, bu hol tabiiy ravishda kitob bezatish san’atida, uning tarkibiy qismi — miniatura san’atida o‘z aksini topdi. - Miniatura san’ati tarixini kuzatar ekanmiz, uning ildizlari tarixning eng qadimiy, ayni paytda teran qatlamlariga borib taqalishining guvohi bo‘lamiz. O‘rta Sharq mamlakatlarida badiiy bezatilgan qadimiy qo‘lyozmalarga oid ilk ma’lumotlar eramizgacha bo‘lgan VII—VI asrlarga tegishlidir. Shundan beri bu yerlarda taraqqiyot o‘ziga xos bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Uslublar, estetik ideallar, tasviriy vositalar o‘zgardi, bu hol tabiiy ravishda kitob bezatish san’atida, uning tarkibiy qismi — miniatura san’atida o‘z aksini topdi.
- Kitobat san’ati O‘rta Osiyo madaniyati, san’ati tarixida uzoq yillar o‘zining badiiy-estetik prinsiplarini saqlab keldi. Bu prinsipga ko‘ra kitob ustuvor tarzda badiiy bezatilgan qo‘lyozma tarzida yaratilib kelindi. Shu jihati bilan badiiy bezatilgan qo‘lyozma kitoblar kitobat san’atining boshqa maktablaridan ajralib turar edi.
- Sharq va shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari qo‘lyozmalarining asosiy xususiyati shuki, bu xalqlar islom dini shakllangan davrdan boshlab 14 asr davomida ilmiy va badiiy asarlarini na faqat o‘zlarining ona tillarida, balki arab va fors tillarida ham yaratganlar. Tarixda O‘rta Osiyo bilan Eron o‘rtasida, shuningdek arab mamlakatlari o‘rtasida chegara bo‘lmagan. Shuning uchun arab tilidagi qo‘lyozmalarning bir qismi O‘rta Osiyo hududida yaratilgan bo‘lsa, qolgan qismi arab mamlakatlaridan yoki Erondan olib kelingan bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday gapni fors tilida qo‘lyozmalarga nisbatan ham aytish joyiz. Shunday qilib O‘rta Osiyo hududida turkiy tillarda bitilgan qo‘lyozmalar bilan bir qatorda arab va fors tillarida bitilgan qo‘lyozmalar ham mavjuddir. Fikrimizning dalili uchun quyidagi raqamlarni fakt sifatida keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |