Bazofillar- ishqoriy bo‘yoqlar bilan buyaladi 1mm3 qonda 30-40 tani tashkil etadi. Uning donachalarida qon ivishini oldini oluvchi geparin moddasi ishlab chiqariladi. Bazofillar diametri 11-17 mikronga teng dumaloq hujayralardir. Protoplazmasi och-pushti-binafsha rangli, nisbatan yirik turli kattalikdagi donachalari bor. Asosli bo’yoqlar bilan bo’yalganda donachalari qoramtir – binafsha, yadrosi esa to’q binafsha rangga kiradi. Eozinofillar- kislotali buyoqlar bilan bo‘yaladi 1mm3 qonda 50-200 gachani tashkil etadi. Ular oqsil tabiatli toksinlarni neytrallash, parchalash, zararsizlantirish vazifasini bajaradi. Eozinofillar dumaloq shakldagi hujayralar bo’lib, diametri 8-12, mikron bo‘lib eritrotsitlardan 2-3 baravar katta. Protoplazmasi pushti rahg, juda ko‘p har xil yirik dag‘al donachalari bor. Yadrosi bargsimon odatda segmentlashgan (bug’im–bug’imga bo’lingan) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |