Ichki va tashqi qon ketish turlari va birinchi tez yordam ko’rsatish Qon ketish. - Qon ketishi haqida tushuncha. Tashqi zarba ta`sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo`lishiga qon ketish deyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo`lishi mumkin.
Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o`q tegishi. - Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o`q tegishi.
- Fizik - radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish.
- Kimyoviy - kislota va ishqorlardan zararlanish.
Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko`ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi. - Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko`ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi.
- Arterial qon ketishida - oqayotgan qon och qizil rangda bo`lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o`xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi.
- Venoz qon ketishida - oqayotgan qon to`q qizil rangda bo`lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi.
- Kapilyar qon ketishida - teri ostidagi, to`qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to`q qizil rangli qon sizib oqadi.
- Parenximatoz qon ketishida - jigar, taloq, buyrak, o`pka va boshqa parenximatoz a`zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to`qima orasiga va bo`shliqlarga quyiladi (to`planadi).
Belgilari. - Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to`qimalarning bo`shlig`iga oqishiga ko`ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko`p qon yo`qotgan bo`lsa, bosh aylanish, ko`z oldi qorong`ilashuvi, og`iz qurishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |