Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati


Download 123 Kb.
bet13/13
Sana06.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1333693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
QON PLAZMASI. mohigul

To’qima oraliq suyuqligi
To’qima oraliq suyuqligi to’qima kamgaklarini to’ldirib turadi va harakatlanar ekan, hujayralarni yuvib olib, hujayrada kechayotgan hayotiy jarayonlar uchun benihoya katta ahamiyatga ega bo’ladi. Kapillyarlardan surilib o’tadigan moddalar shu suyuqlik orqali hujayralarga o’tkaziladi. O’z navbatida hujayralarda hosil bo’ladigan chiqindi va boshqa moddalar ham shu suyuqlikka chiqariladi. Bu moddalarning tegishli qismi to’qima oraliq suyuqligidan kapillyarlarning vena qismiga suriladi qolgan qismi esa u bilan birgalikda limfa tomirlariga quyiladi. To’qima oraliq suyuqligi limfa tomirlariga quyilganda so’ng limfa bezlarida limfotsitlar bilan boyib, limfa suyuqligiga aylanadi.
Umurtqasizlarning gidrolnimfa va gemolimfalari. Kovakichlilarda va tuban chuvalchanglarda to’yimli moddalarning tana hujayralariga yetkazilishi va moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari suvli suyuqlik gidrolimfa bilan bajariladi. Ayrim umurtqasiz hayvonlarda u kislorod olib yuruvchi oqsil moddalarni saqlaydi. Bo’g’imoyoqlilar va molluskalarda yopiq bo’lmagan tomirlarda gemolimfa aylanib yuradi. Gemolimfada qon pigmentlari erigan (xromoproteidlar) bo’lib, ular nafas funksiyalarini bajarish bilan birga qon va limfa funksiyalarini ham bajaradi.
Qonning tarkibi va qon hosil bo’lishining yoshga va jinsga oid farqlari. Qonning miqdori yangi tug’ilgan bolalarda tirik vaznning – 10 dan 20 % gacha bo’lgan og’irligini tashkil qilsa, emadigan bolalarda – 9 dan 13 gacha va kamaya borib, 6 yoshda voyaga yetgan odamlar normasiga yetadi. Yangi tug’ilgan bolalarda eritrotsitlar va leykotsitlarning miqdori katta yoshlarnikidan ko’proq, (1 mm2): eritrotsitlar – 6 mln, leykotsitlar – 10-30 ming, so’ngra yosh oshishi bilan kamaya boradi va 10-11 yoshda voyaga yetgan odamlarning normasiga yetadi. Yangi tug’ilgan bolalar eritrotsitlaridagi gemoglobinning miqdori 1,5 barobarga voyaga yetgan odamlarnikidan ortiq bo’ladi va 3 yoshgacha u kislorodni o’ziga ko’p biriktirib oladi. Yosh bolalarning leykotsitar formulasi katta yoshdagi odamlarnikidan farq qilib 9-10 yoshgacha neytrofillarning nisbiy miqdori jiddiy darajada kam bo’lsa, limfotsitlarning miqdori esa 14-15 yoshgacha jiddiy darajada ko’p bo’ladi. Qon plazmasidagi globulinlar miqdori yosh ortishi bilan ortib boradi, albuminlar esa kamaya boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda natriyning miqdori, kattalarga nisbatan kam, kaliyniki esa ko’p. Qon plazmasidagi qandni miqdori yangi tug’ilgan bolalarda katta yoshdagi odamlarnikidan jiddiy darajada kam va faqatgina ular 12-14 yoshqa yetganida voyaga yetganlar normasiga yetadi.
Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling