Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati


Download 123 Kb.
bet12/13
Sana06.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1333693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
QON PLAZMASI. mohigul

Limfaning hosil bo’lishi. Organlardan oqib kelayotgan limfaning miqdori keskin o’zgarib turadi va quyidagi sharoitlarda ortadi: 1) qon bosimi ortganda; 2) arterial qon kelishi ortganda; 3) vena qoni to’xtab qolganda; 4) qonning umumiy massasi ortganda; 5) organlar faoliyati kuchayganida (muskul, jigar).
Qon tomirlaridagi va ulardan tashqaridagi qon bosimining farqi hisobiga limfa hosil bo’ladi. Limfaning hosil bo’lishiga ishlab turgan organ;ardan kelayotgan dissimilyatsiya mahsulotlarining tushishi ta’sir ko’rsatadi, chunki undagi osmotik bosimni oshiradi va qondagi suvni o’ziga tortib oladi. Shu sababli, organning kuchli ishlashi uning miqdorini ko’paytiradi. Limfa yana kapillyarlar endoteliyasining faol faoliyati va uning turli moddalarni tanlab o’tkazishi natijasida ham hosil bo’ladi.
Bir qator moddalar limfa hosil bo’lishini tezlashtiradi va ular quyidagicha farqlanadi:
1) Birlamchi tartibdagi limfodonlar, bularga, oqsillar parchalanishining (peptonlar va albumozlar) mahsulotlari, parranda oqsili, qisqichbaqa muskullarining ekstrakti, yer tutlar kiradi. Nazarimizda bu moddalar kapillyarlar devorlarining limfa hosil qilish funksiyasini oshirsa kerak. Chunki, bu paytlarda limfa tarkibidagi organik moddalarning miqdori ortib, tuzlar miqdori esa o’zgarmay qoladi.
2) Ikkinchi tartibdagi limfodonlar, bularga tuzlar, qand va mochevinaning eritmalari kiradi. Bu eritmalar qonning osmotik bosimini oshiradi va suvni to’qimalardan qonga o’tishini chaqiradi. Bu esa qon bosimini oshirishiga olib keladi va limfa hosil bo’lishini tezlashtiradi.
Turli organlardan oqib kelayotgan limfa o’z tarkibi jihatdan bir-biridan ham farq qiladi. Masalan, jigardan, ko’krak limfa yo’lidan oqib kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan limfaga qaraganda oqsillarni ko’proq saqlaydi.
Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100 % deb olsak, u vaqtda jigardan kelayotgan limfadagi oqsillarning konsentartsiyasi 75-84 % ga, ko’krak limfa yo’liniki 55-67 % ga, ichaklarniki 41-50 % ga teng bo’ladi. Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yog’lar ko’proq bo’ladi. Ichaklardan kelayotgan limfa tarkibidagi yog’lar ko’proq bo’ladi. Ichaklardan kelayotgan limfada yog’larning ko’payishi hayvon oziqlanganidan so’ng yaqqolroq bilinadi.
Limfada oqsillar kamroq bo’lgani uchun uning kolloid-osmotik bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning trombikinaz faolligi past. Sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli bo’lmaydi; uning tarkibida ko’p bo’ladigan limfotsitlar esa bu fermentni juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli hujayralaridan asosan limfotsitlar ko’p saqlanadi. Limfotsitlar limfa bezlarida hosil bo’lish jarayonida limfaga chiqarib turiladi. Qoramollarning 1 mm3 3500-12000 gacha limfotsitlar bo’ladi. Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar monotsitlar, donali leykotsitlar ham uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb qaraladi. Sut hosil bo’lishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi moddalarning chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa muhim ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o’tkazish suyuqligi kapillyarlarning o’tkazuvchanligini oshirib, limfa hosil bo’lishini tezlashtiradi. Bundan tashqari qonga mochevina, gipertonik eritmalar, glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil bo’lishi ko’payadi. Bu vaqtda qonning osmotik bosimi ortadi. Oqibatda tomirlarga suv so’rilishi kuchayadi. Natijada qonda oqsillarning konsentratsiyasi kamayadi, onkotik bosim pasayadi. Bularning hammasi limfa hosil bo’lishining tezlashishiga sabab bo’ladi.



Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling