Qon saratoni leykoz (oq qon) kasalligi yusupov suxrob yunus o’G’LI


Download 12.81 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi12.81 Kb.
#1787367
Bog'liq
maqola 1

QON SARATONI LEYKOZ (OQ QON) KASALLIGI

YUSUPOV SUXROB YUNUS O’G’LI

Alfraganus university 1-kurs davolsh ishi talabasi


Annotatsiya. Mavzu LEYKOZ (OQ QON).
Leykoz (oqqon) kasalligi bu onkologik holat –qon raki. Xalq tilida oq qon, tibbiyotda leykoz yoki leykemiya deb ataladi. Kasallik kelib chiqishining aniq sabablari hali tibbiyotga noma’lum. Leykoz – qonning yomon sifatli saraton kasalligi bo’lib, yetilmagan yosh leykotsit hujayralarining proliferatsiyasi bilan namoyon bo’ladi.Bu kasallikka bola ham, ayol kishi ham, katta yoshdagi odam ham chalinishi mumkin. Kasallik butun dunyoda –rivojlangan davlatlarda ham, qoloq davlatlarda ham uchraydi
Kalit so’zlar: leykemiya, xromosoma anomalyasi, onkogen virus,Kimyoterapiya, blastlar,limfoma immunoterapiya, eritrotsitlar tronbotsitlar
Leykozlar paydo bo’lishida xromosoma anomaliyalari, onkogen viruslar, shuningdek hujayra onkogenlari tuzilishi va funktsiyasining ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatadigan ma’lumotlar so’nggi yillarda o’tkazilgan tekshirishlarda qo’lga kiritildi. Leykozlar va limfomalarda kariotipning o’zgarishlarga uchrashi hujayra onkogenlarining joyidan ko’chishiga olib keladi, buning natijasida ular genomda yangi joyni egallaydi. Natijada ular yangi oqsillarni kodlash layoqatini kasb etadi. Bu narsa hujayralarning o’sishi va rivojlanishining idora etilishini izdan chiqaradi va avtanom hujayralar paydo bo’lishiga olib keladi. [1]
Leykozning tabiatan qay tariqa o’tishi va o’sma hujayralarining nechog’lik tabaqalanishiga qarab o’tkir va surunkali xillari tafovut qilinadi. O’tkir leykoz; blastlar deb ataluvchi tabaqalashmagan, mutlaqo yetilmagan hujayralar paydo bo’lishi bilan. Agar bemor davolanmasa kasalikning zo’rayib, tez o’limga olib borishi bilan ta’riflanadi.O’tkir leykoz bolalarda keng tarqalgan,lekin kattalarga ham ta’sir qilishi mumkin.Ko’p sonli leykotik hujayralar qonda va ilikda tez to’planib qoladi va natijada infektsiyalarga tez chalinish, charchoq, tanadagi ko’karishlar kabi belgilar kuzatiladi. Kasallikning o’tkir shakli tezkor terapiyani talab qiladi. Surunkli leykoz; bexatar o’tishi , birmuncha tabaqalashgan leykoz hujayralari paydo bo’lishi bilan farq qiladi. U dastlab sezilmasligi mumkin.Bolalar va o’smirlarda deyarli kuzatilmaydi.

Leykoz kasalligini keltirib chiqaruvchi bir qancha xavf omillari mavjud .Bular yadroviy hujumdan so’ng omon qolgan odamlar orasida, ba’zi kimyoviy moddalar, chekadigan insonlar orasida kuzatiladi. Kasallikning belgilari qon hujayralarining (shakli elementlarning) funktsiyasini yo’qotishdan yoki organizmdagi g’ayritabiy hujayralarni to’planishidan paydo bo’ladi. Leykoz kasalligi butun organizm kasalligi bo’lgani uchun, u har xil belgilar bilan boshlanishi mumkin. [2]


-Isitma ;
-umumiy holsizlik va shamollash;
-keyinchalik ahamyat berilmasa burun qonashi yoki ko’karishlar;
-limfa tugunlarining kattalashishi
-jigar, taloqning kattalashishi bilan kuzatilishi mumkin;
-suyak yoki bo’g’imlardagi og’riq;
-tez-tez infektsiyalarga duchor bo’lishi;
Bolalarda oq qon diagnostikasida umumiy qon analizi, suyak iligi steril punksiya tekshiruvi o’tkaziladi. Leykoz bilan kasallangan bolalar teri qoplamasi va shilliq qavatlarning sezilarli darajada rangliligi, ayrim hollarda teri rangi sariq yoki yashil rangda bo’lishi kuzatiladi.
Bolalar onkogematologiyasida leykoz kasalligining uchrash darajasi har 100 ming bolani 4-5 tasida qayd etiladi. Agar leykoz hujayralari miyaga kirsa bosh og’riq, tutqanoq, va qayt qilish kab alomatlar kuzatiladi
Leykoz kasalligni davolashga turli xil tibbiy yondashuvlar mavjud; [3]
Kimyoterapiya (asosiy usul) nurlanish bilan, biologik, o’zak hujayrani ko’chirib o’tkazish va maqsadli davolashni o’z ichiga oladi Ushbu usullar kombinativ ravishda qo’llansa ham bo’ladi. Taloq kattalashgan bo’lsa, uning br qismi jarrolik yo’li bilan olib tashlanishi mumkin . Kimyoterapiya bilan birgalikda aktiv va passiv immunoterapiya o’tkaziladi ; vaksina , interferonlar, immun limfotsitlar kiritish.
Maqsadli terapiya – bu saraton hujayralarining ma’lum, bir xususiyatiga yoki funktsiyasiga ta’sir o’tkazadi.Maqsadli terapiya hujayraning o’sishini to’xtatib qolishiga va rivojlanish tezligining pasayishiga oib keladi.
Leykozda simptomatik davo sifatida eritrotsitlar va trombotsitlar quyish, gemostatik terapiya, infeksion asoratlarni oldini olish uchun antibiotiklar yuborish, dezintoksikatsion chora tadbirlar o’tkaziladi. Bolalar leykozining eng samarali da’vosi suyak iligini ko’chirib o’tkazish, o’zak hujayralarni kiritish hisoblanadi
Xulosa; Leykoz kasalligini jamoa bo’lib davolash kerak.Bitta shifokor davolashi qiyin. Bu kasallikda turli xil tabiblarga boorish mumkin emas. Kasallik ildiz otib bo’lgandan keyin uni davolash qiyin bo’ladi. Kasallik boshlanishida davolashga kirishsak, yaxshi natijalarga erishamiz. Buning uchun esa fuqarolarimiz bir yilda ikki marta maxsus tekshiruvlardan o’tishlari, qon analizi topshirib turishi kerak. Bu kasallikka qarshi kurashish uchun ishonch bo’lish kerak, ishonchsiz bu kasallikni davolab bo’lmaydi.Hozirgi kunda ilik ko’chirish bo’yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda,Oliy Majlisdagi bu borada qonun loyhasi ko’rilmoqda . Agar qabul qilinsa, yurtimizda ham ilik ko’chirish amaliyoti yo’lga qo’yiladi. Albatta bu juda katta qadam bo’ladi, yanada ko’proq bemorlarimiz shifo topib ketar edilar

Foydalangan adabiyotlar


1) M.S.Abdullaxo’jayeva ‘’Patologik anatomiya’’
2) CHissov.V.I ‘’Onkologiya’’
3) U.Veronesi ‘’New Approaches to the Treatment of Leukemia’’
4)N.X.Abdullayev ‘’Patologik fiziologiya’’
Download 12.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling