Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia)


Bezgak plazmodiysining hayot sikli


Download 20.7 Kb.
bet8/13
Sana09.11.2021
Hajmi20.7 Kb.
#172017
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia)-fayllar.org (1)

Bezgak plazmodiysining hayot sikli.


  • Plazmodiylarning hayot sikli bir-biriga o‘xshash bo‘lib, quyidagicha boradi. Bezgak chivini (Anopheles)ning urg‘ochisi odam qonini so‘rganida (erkak chivinlar qon so‘rmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) odam qoniga bezgak plazmodiysining juda ко‘p sporozoitlari o‘tadi. Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo‘lib, tuzilishi koksidiyalaming sporozoidariga o‘xshaydi. Lekin konoidi bo'lmaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endoteliysi (ichki qoplama qavati) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o‘taydi. Jinssiz ko‘payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko‘p bir yadroli hujayralar – merozoitlar hosil bo'ladi. Merozoidar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrotsitlariga kirib olib o‘sadi. Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqianib o'sadigan stadiyasi trofozoitlar deyiladi.

Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling