Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 1.77 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1620888
Bog'liq
Sidiqqullayev


QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI
Sidiqqullayev Izzatillo
Reja:
1. Qоnning ahamiyati. Qоn tarkibi, uning vazifalari. Ularning yosh хususiyatlari.
2. Qоn aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qоn aylanish dоirasi. Оna qоrnida хоmilaning qоn aylanishi.
3. Yurakning funktsiyalari va yosh хususiyatlari. Puls va qоn bоsimi. Ularning yosh хususiyatlari.

Qon organizmdagi biriktiruvchi toqimaning shakllaridan biri hisoblanadi. U suyuq bo’lib qon tomirlar sistemasida aylanib yuradi. Qonni hajmi tana umumiy vaznining 6- 8% ni tashkil qiladi, katta yoshdagi odamda 4- 5,5 litr qon bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolada tanasining 1kg vazniga nisbatan hisoblaganda katta odamnikidan 3 barobar ko’p bo’ladi.
Qon plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan: qizil qon tanachalari (leykositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalari (trombositlar) dan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari 35- 54 % ni tashkil qiladi.
Qonning olazmasi 46- 65 % tashkil qiladi. U murakkab biologik muhit bo’lib, tarkibida moddalar almashinuvining oraliq va oxirgi mahsulotlari, oqsillar, turli tuzlar, uglevodlar, lipidlar, gormonlar, vitaminlar, erigan gazlar bo’ladi. Plazma organizmning to’qima suyuqliklari bilan o’zaro bog’liq bo’ladi.
Qonning muhim qismi oqsillardir. Bular- nafas olish, gemoglobin, eritrositlar pigmenti, shaklli elementlar hujayrasining oqsillari. Plazma oqsillari- albuminlar, globulinlar va fibrinogenlar hisoblanadi.
Qon to’qimalar va hujayralarning hayot faoliyatini, shuningdek, ularning yaxlit organizmda turli vazifa bajarishini ta’minlaydi.
Qonning vazifalari quyidagilar:
1. transport vazifasi;
2. himoya vazifasi;
3. oziqlantirish vazifasi.
Gemoglabin o’pkada havo tarkibidagi kislarod bilan birikib oksi gemoglabin hosil qiladiva to;qimalarga borib gemoglabinga va kislarotga ajraladi. Gemoglabin to’qima hujayralarga kislarodni berib to’qima hujayralaridan karbonat angidrid gazini briktirib olib o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. Eritrositlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi ovqatni sifat tarkibiga etiborsizlik ochiq havodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida darmonsizlik tez charchab qolish va bosh aylanish kasalligiga olib keladi .

bolalarda bunday kasallikga uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yuqori kaloriyalik ovqatlarni istemol qilish kerak(jigar, hayvon qonidan tayyyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay va boshqalar).
Eritrositlar cho’kish reaksiyasi. (POE). Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon aralashmasidagi eritrasitlarni kapilyar trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz.
Leykositlar oq qon tanachalari qoning yadroli xujayralari bo’lib aktiv harakatlarning xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo’lib, 1kub mm bolalar qonida 8000-11000 gacha bo’ladi, katta odamlarda normal holatda bo’ladi. Uning soni kun mobaynida o’zgarib turishi mumkin. Lekositlar 3 gruppa bo’ladi. 1) donador leykositlar 2)donasiz leykositlar 3) monositlar.
Donador leykositlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: neytrofilar eozanofillar va bazofillar.
Leykositlarning ko’rsatilgan miqdoridan ortib ketishi lekositoz deb atalsa miqdordan kamayib ketishi lekopinya deyiladi.
Lekasitlar organizm ichki muhutining posboni hisobl;anadi chunki lekositlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni viruslarni organizm ichiga kirishi qatttiq kurashadi. Organizmga tushgan moddalarni neytrallash xususiyatiga ham egadir.
Trombositlar -qon plastinkari, qonning shalkli elemenlar orasida eng maydasidir. Ular komikda hosil bo’ladi. 1mm3 300000 dan 400000 qon plastinkalari bo’ladi uning soni ham yoshga qarab o’zga boradi. Trabbasitlar qonning ivishida muhim rol o’ynaydi. Qon ivishi organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo’lib jarohatlanganda qon yo’qotishdan saqlanadi.
Immunitet- organizmning turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chalinmasligi. Bunday hodisani 200 yil muqaddam Angliyada provintiyalik Jenner birinchi bo’lib kuzatgan. U chechak kasalligiga qarshi kurash chorasini topib tonni ismli bolada tajriba o’tkazgan. Jenner har bir kasallik tarqatuvchi mikroblar qonga tushganda shu mikroblarga qarshi qon plazmasida antitelolar hosil bo’lishini aniqlagan.
Immunitet tug’ma va ortirilgan, aktiv, passiv bo’lishi mumkin. Odatda odam yuqumli kasallik bilan og’rib o’tgandan keyin organizmda tabbiy immunitet paydo bo’ladi.

Odam organizmida qon va limfa ichki muhit hisoblanadi. Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega bo`lgan suyuqlik bo`lib, solishtirma og`irligi 1,054-1,066 ga teng. Odam tanasida jami 5 litr qon bor va u tana og`irligini 7-8 % ni tashkil qiladi.
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling