Qonda gemoglobinni oshirish usullari, qonni ko’paytirish uchun mahsulotlar, tavsiyalar


QONDA GEMOGLOBIN KAMAYISHI SABABLARI


Download 95.77 Kb.
bet2/2
Sana29.01.2023
Hajmi95.77 Kb.
#1140098
1   2
Bog'liq
QONDA GEMOGLOBINNI OSHIRISH USULLARI

QONDA GEMOGLOBIN KAMAYISHI SABABLARI

  • Oziq-ovqat tarkibida temir mikroelementi yetarli bo’lmasligi;

  • Ko’p qon yo’qotishli menstruatsiya;

  • Ko’p miqdorda qon yo’qotish, masalan operatsiya, abortlar, tug’ruq sabab;

  • Gemorroidal qon ketish;

  • Bachadondan qon ketishi;

  • Ovqatlanishga turli xil cheklashlar kiritilgan parhez tutish;

  • Gemoglobin hosil bo’lishi uchun kerak bo’lgan B12 vitaminining yetishmovchiligi;

  • Turli qon kasalliklari;

  • Ichakdagi temir so’rilishi jarayoni buzilishi.

Qondagi gemoglobinning asosiy vazifasi barcha a’zolar va to’qimalarni kislorod bilan ta’minlashdir. O’z navbatida, agar qonda gemoglobin miqdori kamaysa, bundan boshqa a’zolar ham aziyat chekadi.
Gemoglobin hosil bo’lishi uchun temir va vitamin B12 dan tashqari, boshqa vitaminlar, shuningdek, makro- va mikroelementlar ham kerak. Masalan gastrit yoki disbakteriozda ichakda vitamin va mikroelementlarning so’rilishi jarayoni buzilishi mumkin, bu esa kamqonlikka olib keladi.
Kamqonlik to’g’risida batafsil→
QONDA GEMOGLOBINNI KO’PAYTIRISH USULLARI
Qonni ko’paytirish uchun dorilarni tahlil natijalaridan keyin shifokor belgilaydi. Gemoglobinni ko’paytiradigan mahsulotlar esa yengil darajalardagi kamqonlikni dorilarsiz ham tuzatish imkonini beradi.
Qonda gemoglobin miqdori kamayganda taomnomaga temir mikroelementiga boy oziq-ovqatlarni kiritish kerak. Bunday hollarda ko’pchilik shifokorlar ko’proq go’sht iste’mol qilishni tavsiya etadi. Go’sht shashlik yoki steyk ko’rinishida bo’lishi, mol go’shti bo’lishi afzalroq.
Boshqacha qilib aytganda, go’shtga uzoq vaqt issiqlik bilan ishlov berilmasligi kerak, chunki bunda go’shtdagi temir so’rilishi qiyin bo’lgan shaklga o’tadi. Go’shtdan temirning so’rilishi darajasi 30% gacha yetadi.
Mol jigari qonda gemoglobinni ko’paytirish uchun juda yaxshi mahsulot hisoblanadi. Bunda uning sifatiga alohida e’tibor berish kerak. Mol jigarini qaynatib, qaynatilgan sabzi va piyoz qo’shib, blenderda maydalab, pashtet tayyorlash mumkin.
Qaynatilgan til ham kamqonlikni yaxshi davolaydi, kuniga kamida 50 gramm iste’mol qilish kerak.
Qon va immunitetni oshirish uchun mashhur aralashma mavjud. Bu aralashma yong’oq, quritilgan mevalar, asal va limondan iborat. Ko’pincha 200 grammdan mayiz, turshak, yong’oq, asal va bitta limon olinadi. Masalliqlar go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi, so’ng asal qo’shiladi. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta iste’mol qilinadi.
Taomnomaga sitrus mevalarni kiritish tavsiya etiladi, chunki ular tarkibidagi vitamin C temir so’rilishiga yordam beradi.
C vitaminini o’z ichiga olgan mevalar: limon, anor, apelsin, kivi, qulupnay, greypfrut. Bundan tashqari, qonda gemoglobinni tezda ko’paytirish uchun yangi siqilgan sharbatlarni ichish mumkin: anor, sabzi, lavlagi sharbati. Meva va sabzavotlardan temirning taxminan 5 foizi so’riladi.
Grechixa ham temirga boy mahsulotlardan biri. Ko’proq ko’katlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bizning sharoitda bunday mahsulotlar bilan hech qanday muammo yo’q.

Gemoglobin kamayishida qizil baliq, qizil ikra, tuxum sarig’i, dengiz mahsulotlari tanovul qilish yaxshi foyda beradi. Ushbu mahsulotlarning tarkibidagi temirning taxminan 11 foizi organizm tomonidan o’zlashtiriladi.
Agar salomatlik bilan bog’liq jiddiy muammolar yoki qon kasalliklari bo’lmasa, qonda gemoglobinni tezda oshirish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Yana bir qonni ko’paytiruvchi mahsulot bu na’matak mevalari. Undan damlama tayyorlash kerak bo’ladi. Bir hovuch na’matak mevalariga bir litr qaynoq suv solinib, termosda bir kecha tindiriladi. Ertalab damlama suzib olinib, ta’bga ko’ra asal qo’shiladi. Ushbu ichimlik bolalar va kattalar uchun bir xilda foydalidir. Ovqatlanishdan oldin kuniga bir necha marta bu damlamani yarim stakandan ichish kerak.
Anemiyada qahva va achchiq choy ichish tavsiya qilinmaydi. Bu ichimliklar tarkibida orgamizmdan temir va kaltsiyni yuvib chiqaradigan moddalar mavjudd. Hech bo’lmaganda, qonda gemoglobinni oshirish choralari ko’rilayotgan davrida ularni cheklash kerak.
Albatta, eng to’g’ri yo’l bu shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyalariga amal qilishdir.
Download 95.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling