Qoʻngʻir suvoʻtlar
Download 16.38 Kb.
|
Qoʻngʻir suvoʻtlar
Qoʻngʻir suvoʻtlar (lotincha: Phaeophyceae) - koʻp hujayrali suvoʻtlar boʻlimi. Kat-taligi va shakli har xil. 240 turkumi (1500 turi)bor, shundan 3 tasi chuchuk suvlarda, qolgʻanlari dengizlarda tarqalgan. Xromatoforasida xlorofill a va s karotin, ksanto-fill, ayniqsa jigarrang fukoksan-tin koʻp boʻlgani uchun rangi qoʻngʻir va qoramtir. Yuksak Qoʻngʻir suvoʻtlar (mas, lami-nariyasimon suvoʻtlar) oʻtkazuvchi va differensiatsiyalashgan toʻqimalarga ega. Hujayra devorida algin kislota va fukoidin bor, sirtdan pektin va shilimshiq modda bilan qoplangan. Protoplastida bitta yadro va pireno-idsiz xromatofori bor. Baʼzilarida pirenoid boʻladi. Jinsiy va jins-siz, baʼzan vegetativ koʻpayadi. Zoo-sporasi va gametalari ikki xivchinli. Yuksak Qoʻngʻir suvoʻtlarda sporofit va gametofit gallanadi. Koʻpayish organlari bir uyali yoki koʻp uyali sporangiy. Jin-siy jarayoni izogamiya, geterogamiya va oogamiya. Qoʻngʻir suvoʻtlar barcha dengizlarda, ayniqsa, sovuq dengizlarda katta oʻtzorlar hosil qiladi. Ulardan al-gin kislota, uningʻ tuzlari, yem uni va baʼzi dorivor moddalar olinadi. Ayrim Qoʻngʻir suvoʻtlar isteʼmol qilinadi. Qo`ng`ir suvo`tlarning ba`zilari 20–30 sm kattalikda bo`lsa, ba`zilarining uzunligi 1 m dan oshadi va, nihoyat, ayrimlarining uzunligi 300–400 metrni tashkil qiladi. Qo`ng`ir suvo`tlar vakillarining hujayrasida xlorofill, fukoksantin, karotin pigmentlari mavjud. Shuning uchun bu xildagi organizmlarning rangi qo`ng`ir yoki sarg`ish-qo`ng`irdir. Quyosh nuri ta`sirida fotosintez protsessi ro`y beradi va hujayrada qand, laminarin kabi karbon suvlardan iborat oziq moddalar to`planadi. Jinssiz va jinsiy ko`payadi, jinssiz ko`payish ko`pincha harakatchan zoosporalar, qisman harakatsiz 4 ta sporalar (tetrospora) hosil qilish yordamida sodir bo`ladi. Jinsiy ko`payish turlariga qarab izogamiya, geterogamiya va bogamiya shaklida bo`ladi. Ba`zi qo`ng`ir suvo`tlarda jinssiz ko`payish bilan jinsiy ko`payish gallanib turadi. Bunday holga nasllar gallanishi deb ataladi. Qo`ng`ir suvo`tlarning ko`pchiligi sovuq va o`rtacha iqlimli dengiz va okeanlarda uchraydi. Sargassum deb ataluvchi bir guruh qo`ng`ir suvo`tlar tropik dengizlarda uchraydi. Qo`ng`ir suvo`tlarning eng keng tarqalgan vakillaridan ektokarpus, laminariya, diktiota, fukus, sargassum, dilofus, sfatselyariya, kutleriya, makrotsistis, tsistozira, alariya kabilarni ko`rsatish mumkin. Qo`ng`ir suvo`tlarning ham bir necha vakillari xo`jalikning turli sohalarida katta ahamiyatga ega. Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling