Qo’ng’irot tumani xtb ga qarashli 34-sonli ayrim fanlar chuqur o’qitiladigan sinfi mavjud umumiy
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1675149060 Xlor 8-sinf
KIMYO BASHARIYAT
SAODATI YASHIRINGAN MO’JIZALAR O’LKASI. Darsga qo’yiladigan talablar: 1.Darsda faol qatnashish. 2.O’z fikrini bayon etish. 3.O’zaro hurmat, ya’ni o’zgalar fikrini eshitish va hurmat qilish. 4.Tomoshabin bo’lmaslik. O’quvchilarni uch guruhga bo’lib olaman. I- guruh. Xlor guruhi II-guruh. Ftor guruhi. III –guruh. Brom guruhi Uyga vazifani so’rash. O’quvchilardan uyga berilgan mavzuni “Yarmingni top” o’yin turidan foydalanib baholayman. Bunda bir xil shaklga ega qog’ozlardan foydalanaman, uning bittasiga savoli bittasiga javobi yozilgan bo’ladi. O’quvchilar mosini topa olishlari kerak. Mana shu tarzda savollar va javoblarni tarqataman. • Yangi mavzuni tushuntirish : Mavzuni taxtaga yozaman “Xlor “ Reja . 1. Xlorning D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi o’rni. Xlor - galogen. 2. Xlorning atom tuzilishi. 3. Xlor molekulasining tuzilishi. 4. Tabiatda uchrashi. 5. Olinishi. 6. Xlorning kashf etilish tarixi. 7. Fizik xossalari. 8. Kimyoviy xossalari. 9. Xlorning ishlatilish sohalari. 10. Xlor zaharli gaz. Zaharlanishdan saqlanish. Zaharlanishda yordam ko’rsatish. O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qisqa tushuncha berib o’taman. Galogen so’zining ma’nosi? Tuz hosil qiluvchi Xlorning D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi o’rni. 3- davr, VII-guruhning bosh kichik guruhida joylashgan, tartib raqami 17- element. Metallmas element hisoblanadi va galogenlar (F, Cl, Br, J, At) oilasi elementi. Xlor molekulasi hosil bo’lishi Xlor tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Kundalikli turmushta, oziq-ovqatga ishlatiladigan osh tuzi NaCI sizlarga ma’lum. Bu tuzlarni konlardan galit minerali ko’rinishida qazib olinadi. Bunday minerallardan osh tuzini maxsus tozalash (mexanik, kimyoviy) usullar bilan ajratib olinadi va ishlatishga chiqariladi. Silvinit va silvin minerallarining tarkibida KCI . NaCI, KCI tuzlari bo’ladi. Binolarni bezashda va zargarlikda ishlatiladi. Bunday zargarlik buyumlari mineralning tarkibiga qarab ranglari, naqshlari har xil bo’ladi. Karnallit va kainit minerallari yer osti konlarida uchraydi. Bu minerallar tarkibi jihatidan bir-biriga uqshash bo’ladi. Bishofit singari karnallit va kainit minerallari beqaror. Ular yomg’ir suvlaridan tez kristall holatini yoqatadi. Suvda yaqshi eriydi. Shunung uchun tibbiyotda va kaliyli o’git ishlab chiqarish sohalarida keng foydalaniladi. Olinishi Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi. 2NaCI + 2H 2 O elektroliz 2Na + CI 2 Laboratoriyada xlor olish uchun MnO 2 (marganec (IV) oksidi) bilan HCI (xlorid kislota) reaktsiyasiga asoslangan: 4HCI + MnO 2 = MnCI 2 + CI 2 + 2H 2 O Xlorning kashf etilish tarixi. Yunoncha «xloros» degan so’z “sarg’ish-yashil tusli” degan ma’noni bildiradi. Xlorni birinchi bo’lib 1774-yili shved kimyogar-farmatsevti Karl Vilgelm Sheele laboratoriyada oldi. U o’zining tajribasining natijasini shunday ta’rif etadi: “Men retortaga qora magnezi (u davrda MnO 2 shunday atalgan) bilan xlorid kislota (HCI) aralashmasini soldim. Retortaning og’zini havosi chiqarilgan shishib kengayadigan qaltachaga mustahkamladim. Retortani qum vannasida qizdirganda qaltachaning ichiga sarg’ish-yashil tusli, o’tkir hidli, tamoqni bug’uvchi gaz yig’ila boshladi” K. Sheele shu reaktsiyani amalga oshirgan edi: 4HCI + MnO 2 = MnCI 2 + CI 2 + 2H 2 O Fizik xossalari. Odatdagi sharoitda xlor sarg’ish-yashil rangli, o’tkir hidli, nafas olishni qiyinlashtiradigan bug’uvchi, zaharli gaz. Xlor gazining rangi uning qancha quyuq bo’lishiga bog’liq. Xlor gazi qancha quyuq bo’lsa uning rangi ham shunsha yashil tusli bo’ladı. Agar gaz kam bo’lsa sarg’ish tusli bo’ladi. Xlor zaharli bo’lgani uchun uni hidlash mumkin emas! Ko’proq xlor gazi bilan nafas olinsa insan zaharlanishi, hattoki o’limga olib kelishi mumkin. Xlor gazi havodan 2,5 marta og’ır. Shuning uchun idishga yig’ilgan gaz idishning pastki qismida yig’iladi. 20 0 C da 1 hajm suvda 2,5 hajm xlor eriydi. Suvda xlorning bunday erishidan xlorli suv hosil bo’ladi . Xlorni hidlash mumkin emas Kimyoviy xossalari. Vodorod, metallar, bromidlar va iodidlar bilan o’z aro ta’sirlashganda xlor oksidlovchi bo’ladi. Masalan, xlorning natriy bilan ta’sirlashuvidan quyidagicha anglatiladi. 2Na 0 + CI 2 = 2Na +1 CI -1 Na Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling