Qonning asosiy funksiyalari
QONNING REAKSIYASI VA BUFERLIGI
Download 153.5 Kb.
|
QON TIZIMI-2
QONNING REAKSIYASI VA BUFERLIGI
Qonning faol reaksiyasi. Qon muhiti boshqa eritmalarda bo’lgani singari, uning tarkibidagi (H) va (OH) ionlarining miqdoriga bog’liq. Qonning faol reaksiyasi qon tarkibidagi vodorod ionining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy reaksiyada bo’lib, pH – ko’rsatkichi odam va turli hayvonlarda bir-biridan kam farq qiladi. Qonning kuchsiz ishqoriy muhitga egaligi, uning tarkibida (OH) ionlarining (H) ionlariga nisbatan ko’proq bo’lishidan dalolat beradi. Qon reaksiyasi juda muhim. Organizmdagi hujayralar hayotiy jarayonlarni normal ravishda namoyon qilish uchun qon muhiti ma’lum darajada turishi kerak. Qon reaksiyasining biroz o’zgarishi organizm hujayra va to’qimalaridagi fiziologik holatning o’zgarishiga olib keladi. Odatda, venoz karbonat angidridning ko’pligi uning faol reaksiyasi arterial qonga nisbatan birmuncha pastroq bo’ladi. Organizmning turli hujayralari ichida ham muhit (pH ko’rsatkichi) qon reaksiyasi ko’rsatkichiga qaraganda biroz pastroq ya’ni hujayralarda 7,0-7,2 ga teng bo’ladi. Bu hujayra metabolizmiga uning oqibatida hosil bo’layotgan kislotali moddalarning miqdoriga bog’liq. Qonning pH ko’rsatkichi, organizmda kechayotgan moddalar almashinuvining jadalligiga bog’liq bo’lib juda kichik doirada (0,1-0,2 orasida) o’zgarib turishiga xizmat qiladi. Qon faol reaksiyasi ko’rsatkichining nisbatan o’zgarmasligi, doimiyligi qonning buferlik xossalari va chiqaruv organlarining faoliyatiga bog’liq.
Amaliyotda vodorod ionlarining miqdori yoki vodorodlar sonini logarifmlar bilan bilan konsentratsiyasini esa teskari belgi bilan belgilash qabul qilingan. Bu son odatda vodorod ko’rsatkich deb ataladi va r % bilan qayd qilinadi. Qonning r % o’rtacha 7,36 ga teng. RN-ning 7 dan past va 8 dan yuqori tomon siljigan bo’lishi hayot uchun xavfli. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling