Qonning asosiy funksiyalari


QONNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI


Download 153.5 Kb.
bet6/9
Sana08.04.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1342643
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QON TIZIMI-2

QONNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI

Qon qizil rangli, sho’rtak ta’mli, yopishqoq suyuqlikdir. Toza idishga qon olib uni ivishdan saqlanuvchi modda qo’shilgach qonni bir necha vaqt tinch holatda qoldirsak, u ikki qismga sarg’ich yoki rangsiz tiniq suyuqlik – plazmadan tashkil topgan ustki qismida va shaklli elementlar, ya’ni qizil qon tanachalari (eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar) hamda qon plastinkalari (trombotsitlar)dan iborat pastki qismga ajraladi. Qonning 60 % ni plazma, 40 % ga yaqinini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. Keltirilgan bu raqamlar nisbiy bo’lib, plazma bilan shaklli elementlar miqdorini o’zaro nisbati organizmning holatiga, hayvonlarning turiga qarab bir muncha o’zgarib turadi. Masalan, baliqlar qonning 10 % dan 30 % gacha qismini, issiq qonli hayvonlar qonining 30 % dan 50 % gacha qismini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qon plazmasi bilan shaklli elementlarning o’zaro nisbati gemotakrit asbobi yordamida aniqlanadi. Qonning rangi uning kislorod bilan to’yinish darajasiga qarab o’zgarib turadi. Qon kislorod bilan yaxshi to’yinsa, och qizil rangga ega bo’ladi, bu arteriya qondir. Kislorod bilan yaxshi to’yinmagan qon esa qoramtir-qizg’ish rangli bo’lib, vena qoni deyiladi. Qonning yopishqoqligi 4,0-6,0 ga teng ya’ni qon suvga nisbatan 4,0-6,0 barobar yopishqoqroqdir. Qonning yopishqoqligi asosan tarkibidagi qizil qon tanachalari eritrotsitlarning miqdoriga va kamroq darajada plazmaning oqsil tarkibiga bog’liq. Organizm ko’p suv yo’qotganida qonda eritrotsitlar karbonat angidridning miqdori ko’payganda, harorat ko’tarilganida qonning yopishqoqligi oshadi. Aksincha, eritrotsitlar va plazma oqsillari kamayganda, qonda kislorod ko’payganda qonning yopishqoqligi kamayadi. Qonning solishtirma og’irligi o’rtacha 1,050-1,060 kg/sm3 ga teng. Bu ko’rsatkich ham hayvonlarning turiga va organizmning holatiga qarab o’zgarib turadi. Jumladan, qonning solishtirma og’irligi otlarda 1,046-1,059 kg/sm3 ga, qoramollarda 1,046-1,058 kg/sm3 ga, qo’ylarda 1,041-1,061 kg/sm3 ga, cho’chqalarda 1,039-1,059 kg/sm3 ga, echkilarda 1,035-1,049 kg/sm3 ga teng bo’ladi.


Eritrotsitlar ko’payganda solishtirma og’irlik oshishi ham, oshmasligi ham mumkin. Qonning 80 % ga yaqin qismini suv, 20 % ga yaqin qismini esa quruq moddalar tashkil qiladi. Qonning bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari bilan belgilanadi.



Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling