8-sinf. I-variant
Download 48 Kb.
|
8-sinf
8-sinf . I-variant. 16 m/s tezlik bilan kelayotgan poyezd tormozlangandan boshlab, to`xtaguncha 128 myo`l bosdi. Harakatning tezlanishi va poyezd to`xtaguncha ketgan vaqtni toping. Massasi 12 kg bo`lgan tinch holatda turgan jismga 8 s vaqt davomida 6 N kuch ta’sir qilsa, jismning olgan tezlanishini, shu vaqtda erishgan tezligi, o`tgan yo`li va harakatning o`rtacha tezligini toping ? Bir-biridan 5 sm masofada joylashgan sharchalarning biriga- 8∙10-8 C, ikkinchisiga esa 4∙10-8 C zaryad berilgan . Zaryadlar qanday kuch bilan tortishadi ? Elektr pilta uchun arshiligi 24 Ὼ bo`lgan spiral tayyorlash kerak. Buning uchun diametric 0,4 mm bo`lgan nixrom simdan qanday uzunlikda olish kerak ? Kuchlanish 220 v bo`lganda elektrodvigateldagi tok kuchi 1,25 A, uning FIK 80 % ga teng bo`lsa, dvigatel 25 minutda qancha ish bajaradi ? II-variant Uzunligi bir xil bo`lib, bir uchlari birlashtirilgan ikkita purjinaning bo`sh uchlaridan ushlab cho`zamiz. Bunda bikrligi 100N/m bo`lgan purjina 5 sm uzayadi.Ikkinchi purjina 1 sm uzaysa, uning bikrligi qanday ? Massasi 15 t bo`lgan odamga to`la avtobus joyidan 0,7 m/s2 tezlanish bilan qo`zg`aladi. Agar harakatga qarshilik koeffiseyenti 0,03 ga teng bo`lsa, tortish kuchini toping? Hajmi 0,6 m3 bo`lgan tosh suvda 5 m chuqurlikdan suv sirtga ko`tarildi. Toshning zichligi 2500 kg/m3 . Toshni ko`tarishda bajargan ishini toping ? 12 mV kuchlanish berilgan uzunligi 10 m va kesimi 2 mm2 bo`lgan po`lat simdagi tok kuchini toping ? Ko`tarish kranning elektr dvigateli 380 V kuchlanishda ishlaydi va 20 A tok kuchi iste’mol qiladi. Agar kran massasi 1 t bo`lgan yukni 19 m balandlikka 50 s da ko`tarsa, qurilmaning FIK qanday ? 8-sinf fizika fanidan test 1.Elektr toki deb nimaga aytiladi? a)musbat zaryadlarning harakati b)manfiy zaryadlarning harakati c)zaryadlangan zarralarning tartibli harakati d)zaryadlangan zarralarning tartibsiz harakati 2.Tok kuchini o’lchash uchun qanday asbobdan foydalaniladi? a)dinamometrdan b)ampermetrdan c)voltmetrdan d)elektroskopdan 3.Agar 100C zaryadni ko’chirish uchun 1,2kJ ish bajarsa,lampochkada qanday kuchlanish bo’ladi? a)0,012V b)12V c)120V d)1,2V 4.Xalqaro birliklar sistemasida elektr kuchlanish qanday birlikda o’lchanadi? a)volt b)amper c)sekund d)kulon 5.Qaysi qatorda dielektrik moddalar to’g’ri berilgan? a)chinni,rezina,plastmassa,havo b)rezina,havo,tuzlar,yer. c)barcha metallar,havo,chinni,rezina d)havo,plastmassa,kislotalatning suvdagi eritmasi. 6.Agar elektr plita orqali o’tayotgan tokning kuchi 5A bo’lsa , bir minutda plitadan qancha elektr miqdori o’tadi? a)5C b)30C c)300C d)3000C 7.Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni formulasi qaysi javobda to’g’ri berilgan? a)I=q/t b)U=A/t c)I=U/R d)U=IR 8.Kuchlanishni o’lchash uchun qanday asbobdan foydalanish mumkin? a)dinamometr b)ampermetr c)voltmetr d)elektrometr 9.Atom qanday zarralardan tuzilgan? a)proton va neytrondan b)yadrodan c)yadro va elektrondan d) zaryadlardan 10.O’tkazgichda elektr tokini uzoq vaqt saqlash uchun nima kerak? a)elektr maydon b)magnit maydon c)tok manbayi d)elektr zanjir 11.10kA necha amperga teng? a)10A b)100A c)1000A d)10000A 12.Kuchlanishi 127V bo’lgan zanjirga ulangan elektr plita spiralidagi tok kuchi 5,2A ga teng.Spiralning qarshiligini toping? a)24 Ω b)25,1Ω c)127 Ω d)6 Ω 13.I=q/t formuladan qanday fizik kattalik aniq lanadi? a)zaryad miqdori b)kuchlanish c)tok kuchi d)qarshilik 14 . Zanjirga ulangan galvanometer orqali 5 minutda 300mA tok kuchi o’tadi.Shu vaqt ichida galvanometer g’altagidan qancha kulon zaryad o’tadi? a)90C b)15C c)300C d)9C 15.Rezistor qanday asbob? a) turli qarshilikka ega elektr asbob b)qarshilikni o’lchovchi asbob c)aniq qarshilikka ega bo’lgan radiodetal d)kuchlanishni o’zgartirib beruvchi asbob 16.Quyida keltirilgan formulalardan qaysi biri elektr kuchlanish formulasini ifodalaydi? a)U=A/q b)I=q/t c)I=U/R d)R=U/I 17.Quyidagi zarralardan qaysi biri manfiy zaryadga ega? a)proton b)neytron c)elektron d)atom 18.Reostat asbobining vazifasi nimadan iborat? a)kuchlanishni oshirishdan b)tok kuchini faqat ko’paytirishdan c)tok kuchini faqat kamaytirishdan d)tok kuchi va kuchlanishni rostlashdan 19.Elektr qarshilik birligi qaysi olim sharafiga qo’yilgan? a)Amper Andre Mari b)Sharl Kulon c)Georg Simon Om d)Alessandro Volta 20.Istemolchilar ketma-ket ulanganda ,zanjirdagi qaysi kattalik bir xil bo’ladi? a)tok kuchi b)kuchlanish c)qarshilik d)tok kuchi va kuchlanish 21. 220V kuchlanishga mo’ljallangan ikkita bir xil lampochka ketma-ket ravishda 220Vkuchlanishli tarmoqqa ulangan .Har bir lampochka qanday kuchlanish ostida yonadi? a) 220V b)230V c)110V d)120V 22.Elektr tokining bajargan ishi qanday ifoda yordamida hisoblanadi? a)R=U/I b)A=IUt c)Q =I 2Rt d)A=Fs 23.Quvvati 300W bo’lgan dazmol 2 soat vaqt davomida qancha energiya iste’mol qiladi? a)4kW soat b)0,6kW soat c)3kW soat d)6kW 24.Iste’molchilar parallel ulanganda ,zanjirdagi to’liq qarshilik qaysi formula orqali aniqlanadi? a)R=R1+R2+R3 b)R=I/U c)R=R 1R2/R 1 + R2 d)U=U 1+U 2+U3 25.Quyidagi keltirilgan ifodalardan qaysi biri tokning quvvati formulasini ifodalaydi? a)I=U/R b)R=U/I c)N=A/t d)P=IU
Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling