Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi
Download 0.59 Mb.
|
mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi Oʼrta maxsus taʼlim
- Oʼrta professional taʼlim
- Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni
- Dual ta’limining asosiy maqsadi
- Eksternat
1. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun- ning ahamiyati 2. Kadrlar tayyorlashda inson omili. 3. Malakali kadrlar tayyorlash asoslari, kadrlar raqobatbardoshligi. “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Taʼlim turlari quyidagilardan iborat: • maktabgacha taʼlim va tarbiya; • umumiy oʼrta va oʼrta maxsus taʼlim; • professional taʼlim; • oliy taʼlim; • oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; • maktabdan tashqari taʼlim. Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi Oʼrta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch oʼrta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi Professional taʼlim boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi Boshlangʼich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi Oʼrta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi. Oʼrta maxsus professional taʼlim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki toʼlov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha amalga oshiriladi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʼrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi Taʼlim olish shakllari: • ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi); • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); • dual taʼlim; • oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish; • katta yoshdagilarni oʼqitish va ularga taʼlim berish; • inklyuziv taʼlim; • eksternat tartibidagi taʼlim; • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. Dual ta’lim tizimi – ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi. Dual ta’limining asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va ish beruvchilarning sa’y-harakatlari amaliy mashg‘ulotlarning asosiy omili sifatida birlashtirib, talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat. Ўзбекистонда инклюзив таълимни такомиллаштириш жараёни босқичли тизимга эга. Президентимизнинг “Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болаларга таълим-тарбия бериш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига мувофиқ 2020 — 2025 йилларда халқ таълими тизимида инклюзив таълимни ривожлантириш концепцияси ушбу босқичнинг асосий бўғини ҳисобланади. 2020 — 2025 йилларда халқ таълими тизимида инклюзив таълимни ривожлантириш концепциясини 2020-2021 йилларда амалга ошириш бўйича “Йўл харитаси”да: — алоҳида таълимга эҳтиёжи бўлган болаларни инклюзив таълим тизими жорий қилинган умумий ўрта ва профессионал ўқув муассасаларига юборишга имкон берувчи тиббий кўрсатмалар рўйхатини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш; — алоҳида таълимга эҳтиёжи бўлган болаларни эрта аниқлаш ва қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш; — ихтисослаштирилган таълим муассасалари ўқувчилари учун касбга ўқитиш курсларини ташкил этиш ва сертификат бериш тартибини ишлаб чиқиш; — олий таълим йўналишлари ва мутахассисликлари классификаторида “Дефектология” таълим йўналиши ўрнига “Махсус педагогика” таълим йўналишини киритиш; — алоҳида таълимга эҳтиёжи бўлган болалар билим оладиган ўқув муассасаларини махсус адабиётлар ва методик-қўлланмалар билан таъминлаш жараёнлари билан боғлиқ қатор вазифалар белгиланган. Eksternat — oʻquv yurtida oʻquv dasturini mustaqil oʻzlashtirish (mashgʻulotlarga qatnashmasdan)ga asoslangan taʼlim tizimi. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; Davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling