Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering
Download 12.9 Kb.
|
Davlat va huquq nazariyasi
1-kazus Qonun davlatning oliy vakillik organi (yoki referendum orqali xalq) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat bo‘lib, uni tayyorlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maqullangan Qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident esa qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytardi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi. Lekin Qonunga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmasdan, u Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi va imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamadi. Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering. 2-kazus Ba’zi mualliflar “huquqiy tizim”ni “huquq tizimi” iborasi bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh mutaxassislar “huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab oladi”, deb ta’kidlaydilar. Huquq tizimi va huquqiy tizim o‘rtasida farqlarni muhokama qiling va fikringizni misollar yordamida yoritib bering. 3-kazus Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Olimlar normativ-huquqiy hujjatlardan boshqa huquq manbalari (huquqiy odat, sud va ma’muriy pretsedentlar) umumiy tartibga soluvchi ahamiyatga molik emas deb hisoblashadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ular qisman, yordamchi va qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi. Huquq manbasi sifatida normativ-huquqiy hujjatning boshqa huquq manbalaridan ajralib turuvchi tomonlarini misollar yordamida muhokama qiling. Download 12.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling