xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha
majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va
fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi
yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida
berilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1948 yil, 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A
(III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda nimaga nisbatan ustunlik va nima
uchun ustunlik bo'lishini aniqlash lozim. Konstitutsiya va qonunning ustunligi
boshqa qabul qilinadigan barcha hujjatlarga nisbatan (qonunosti hujjatlariga)
qaratiladi. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ham ustunligi
mavjud. Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ustunligi deganda, boshqa birorta
qonun, uiarning normalari konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi, qonunning ustunligi
deganda esa, boshqa birorta qonunosti hujjatlarining qonunga zid kelmasligi
tushuniladi. Qabul qilinadigan har qanday boshqa hujjatlar Konstitutsiya, qonun
normalarini o'zgartirishni emas, uiarning amal qilishini ta’minlashi zarur.
Konstitutsiya va Qonunning ustunligi uiarning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega alohida tartibda qabul qilinadigan
davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (referendum orqali) yoki oliy
vakillik organi - Oliy Majlis (parlament) tomonidan qabul qilinadi1. Konstitutsiya
0 ‘zbekiston hududida birdek kuchga ega. 0‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |