suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat
chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Qonunlar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar,
yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
uchun majburiydir.
Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: Qonunni uni qabul
qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki
yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar Qonunga qatʼiy muvofiq
holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni,
qonunga asoslangan hujjat Qonunga zid boʻlsa, u Qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki
bekor qilinadi; Qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda
tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning, huquqiy
davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari
oʻz aksini topadi.
Inson huquqlari va
erkinliklari
tizimi oʻz yaralish ibtidosi
va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson
huquqlarining uch avlod― bosqichi haqida koʻrsatilgan.
Ular quyidagilardan iborat.
Inson huquqlarining „birinchi avlodi― —
fuqarolik
va
siyosiy
huquqlar hisoblanadi.
Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi― — bir qator
obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX
asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina
Do'stlaringiz bilan baham: |