Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 0.82 Mb.
bet2/19
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1151943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
PF-6166 10.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-fevral,
PF-6166-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
TARTIBI

Tarkibiy bo‘linmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Kanselyariya

1. Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi o‘rinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) ro‘yxatdan o‘tkazish.

Imzolangandan bir soat mobaynida

2. Jo‘natish ro‘yxatiga muvofiq barcha ijrochilarga hujjatlarni elektron shaklda yetkazish.

3. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun hujjatlarning elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirlik va idoralarda ijro holatini yillik o‘rganish grafigini tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish va muddatini uzaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish va tegishli choralarni belgilash.

Zaruratga ko‘ra

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib borish.

Zaruratga ko‘ra


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling