Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

23-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi sertifikat olish yoki uning amal qilish 
muddatini uzaytirish uchun ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida talabgorga 
malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish haqida yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi. 
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Talabgorning malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat olish yoki uning amal qilish 
muddatini uzaytirish uchun arizasini ko‘rib chiqish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan 
muddatda amalga oshiriladi. Talabgorlarga malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat berishni 
yoki sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish mazkur Qonunning
24-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga 
yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati auditorlarning 
respublika jamoat birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Malaka imtihoni topshirishiga ruxsat berilgan talabgorlar malaka imtihoni o‘tkaziladigan 
sana, vaqt va joy haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n ish kuni oldin yozma yoki 
elektron shaklda xabardor qilinadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega 
bo‘lgan talabgorlarga auditorlar respublika jamoat birlashmasining taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib 
chiqishi natijalari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi. 
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganda ariza taqdim etilgan sanadan to 
sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha bo‘lgan vaqt davri auditor sifatidagi uzluksiz 
ish stajiga qo‘shiladi. 
Auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlash chog‘ida auditor lavozimiga tayinlashlar 
oralig‘idagi bir oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davri uzilish deb qaralmaydi. 
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ikki marta kelmagan bo‘lsa, taqdim etilgan 
hujjatlar qaytariladi. Bunda sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun arizani 
ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling