Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida
-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Download 431.77 Kb. Pdf ko'rish
|
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021
15-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga da’vat etilgandir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari: Oldingi tahrirga qarang. (15-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20- yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi; auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi; renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi; renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi; auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi; zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etadi; har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi; Oldingi tahrirga qarang. malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatish tartibini, auditorlarning malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi; malaka imtihonini o‘tkazadi; auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno. (15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Download 431.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling