Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining auditorlik faoliyati


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining auditorlik faoliyati 
sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish 
tartibini belgilaydi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(11-modda to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 


auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining auditorlik faoliyati 
sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat 
organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi: 
auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi
auditorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 
manfaatlarini ifodalaydi
o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni 
ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(12-modda ikkinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
auditorlik tashkilotlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan elektron 
tarzda hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi 
takomillashtirilishini va auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga auditorlik tashkilotlari 
tomonidan rioya etilayotganligi yuzasidan mazkur dasturiy majmua orqali masofaviy monitoring 
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
(12-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-
815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlarining 
ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazadi; 
auditorlik xizmatlari rivojlanishini tahlil qilishni amalga oshiradi.

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling