Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

29-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari 
Auditorlik tashkiloti: 
ushbu Qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob-
axloqi kodeksi talablariga rioya etishi; 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va 
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik 
talablariga rioya etishi; 
auditorlarga (auditorga) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) tegishli ulush kamida ellik bir 
foiz bo‘lishini ta’minlashi (bundan auditorlik tashkilotini — chet el auditorlik tashkilotining filiali 
yoki shu’ba xo‘jalik jamiyatini tashkil etish hollari mustasno); 
shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar auditor mavjud 
bo‘lishini ta’minlashi; 
auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi; 
auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud 
bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida mustaqillikni ta’minlashi; 


auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko‘ra auditor (auditorlar) sertifikatini, 
auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisini ko‘rsatishi; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to‘g‘risidagi, 
auditorning e’tirozlariga asos bo‘lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo‘jalik 
yurituvchi subyektning so‘roviga binoan taqdim etishi; 
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi; 
auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi 
va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi
o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi 
subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-
saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi; 
auditorlik tashkilotlari renkingini o‘tkazish uchun axborot taqdim etishi; 
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida yoki 
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning 
rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni, audit qo‘mitasini yozma 
shaklda xabardor qilishi;
auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi; 
o‘z pochta manzili va elektron manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida, auditorlik tashkilotining 
rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh 
kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
o‘z veb-saytini yuritishi va uni faol holatda saqlab turishi; 
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat 
organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish 
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling