Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

33-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari 
Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin: 
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu 
jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish; 
yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli 
boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat 
berish; 
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma 
shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-
rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish; 
buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini 
hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy 
axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh 
xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. 
6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 
34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar 
Auditorlik tashkilotlariga quyidagilarga nisbatan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish 
taqiqlanadi: 
mazkur auditorlik tashkilotining kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar o‘zining muassislari, 
ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan; 
muassisi, ishtirokchisi, aksiyadori yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsi, audit qo‘mitasi a’zosi bir vaqtning 
o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan; 
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga 
ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining 
ikkinchi
va 
uchinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan 
turdosh xizmatlarni ko‘rsatganlarga; 
xodimlari muassisning, ishtirokchining yaqin qarindoshlari yoki rahbarlik vazifalarini yoxud 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning 
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt audit qo‘mitasi a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lgan; 
auditorlik tashkilotining yoki auditorning manfaatdorligi moliyaviy hisobot va u bilan 
bog‘liq moliyaviy axborot to‘g‘risida fikr bildirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar 
to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda. 


Auditorlik tashkiloti ketma-ket yetti yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling