Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

36-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuridik shaxs, uning mulkdori, ustav fondida (ustav kapitalida) kamida besh foiz 
miqdoridagi ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar, shuningdek nazorat qiluvchi yoki 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari 
bo‘lishi mumkin. 
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son) 
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusiga ko‘ra 
auditorlik tekshiruvi auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 
o‘tkaziladi hamda mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi. Bunda nazorat qiluvchi yoki huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni bir auditorlik tashkilotini ayni bir xo‘jalik yurituvchi 
subyektning faoliyatini ayni o‘sha asoslarga ko‘ra tekshirishga takroran jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir ishlarga haq to‘lash auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan amalga oshiriladi. 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish predmeti, muddatlari hamda boshqa 
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi va auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi. 
37-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish 
chog‘idagi huquq va majburiyatlari 
O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik 
tashkilotidan: 
auditorlik xulosasini; 
auditorlik xulosasida ifodalangan fikr yuzasidan tushuntirishlarni va auditorlik 
tashkilotining fikriga asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi axborotni; 
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish hamda aniqlangan kamchiliklar va 
qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash tartibi haqida maslahatlar olishga haqlidir. 
O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt: 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga shart-sharoitlarni yaratib berishi va unga zarur hujjatlarni 
taqdim etishi;
auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarga 
rioya etishi; 
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib 
chiqishi va mazkur axborot olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay auditorlik 
tashkilotini natijalar haqida yozma shaklda xabardor qilishi; 
auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritishga, moliyaviy 
hisobot tuzishga hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish tartibiga doir qoidabuzarliklarni 
bartaraf etishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladigan auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga to‘sqinlik qilish maqsadida biron-bir harakatni 
(harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikka hamda auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling