Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining huquq va


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

38-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining huquq va 
majburiyatlari 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi: 
auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlashga; 
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining yo‘nalishi va hajmini belgilashga


auditorning mulohazalari asoslanilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi zarur 
axborotni auditorlik tashkilotidan olishga
auditorlik xulosasini olishga haqli.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi: 
auditorlik tekshiruvini auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan 
muddatlarda o‘tkazish uchun auditorga tegishli shart-sharoitlar yaratishi; 
auditorga zarur hujjatlarni taqdim etishi
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti 
xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart. 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonunchilikka va auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda uning 
zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 
39-modda. Auditorlik xulosasi 
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik 
talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z 
ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir. 
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan 
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik 
tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy hisobot 
ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling