Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-bob. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati va auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

8-bob. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati va auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi 
nazorati 
45-modda. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati 
Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan, 
uning auditorlari va xodimlari tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi tartib-
taomillarga asoslangan tashkiliy chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. 
Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati 
standartlariga binoan amalga oshiriladi va u auditorlik xizmatlari ko‘rsatish chog‘idagi majburiy 
shartdir. 
46-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati 
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati vakolatli davlat organi auditorlarning 
respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda amalga oshiradigan, auditorlik tashkilotlari 
tomonidan ushbu Qonun talablarini va auditorlik faoliyati standartlarini buzishlarni aniqlashga hamda 
kelgusida ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir.
Auditorlik tashkiloti auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan tashqi sifat 
nazoratidan ixtiyoriy asosda o‘tishi mumkin. Nazoratning mazkur turi ushbu Qonunga muvofiq 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi sifat nazoratini o‘tkazishning o‘rnini 
bosmaydi.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati natijalariga ko‘ra qoidabuzarliklar 
aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini 
qo‘llashga haqli: 
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini auditorlik tashkilotining 
zimmasiga yuklaydigan va bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydigan 
bildirishnoma chiqarish;
ushbu Qonun 43-moddasi birinchi qismining
 uchinchi

to‘rtinchi
 va 
beshinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sudga murojaat qilish; 
ushbu Qonunning
 29-moddasi 
talablarini muntazam ravishda (ikki martadan ortiq) buzganda 
auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish. 
Auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari aniqlangan qoidabuzarliklar 
yuzasidan ko‘rilgan choralar ko‘rsatilgan holda vakolatli davlat organining va auditorlar respublika 
jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling