Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari va uni baholash


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

48-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari va uni baholash 
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
ichki nazoratning tizimi mavjudligi; 
auditning xalqaro standartlariga, sifat nazoratiga, tahliliy tekshiruvlarga, turdosh xizmatlar 
ko‘rsatishga doir topshiriqlarga va Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga rioya etilishi
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va 
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka 
rioya etilishi; 
xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiatsiyalariga a’zolik; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, turdosh xizmatlar ko‘rsatish uslubiyotining mavjudligi;
ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalarining tegishli ravishda hujjatlashtirilishi
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun yetarli miqdordagi mehnat va vaqt resurslari; 
axborotga ishlov berish uchun dasturiy mahsulotlarni va axborot texnologiyalarini qo‘llash; 
auditorlarning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tish; 
ushbu Qonun talablari buzilishlarining mavjud emasligi
jismoniy yoki yuridik shaxslarning shikoyatlari, shuningdek auditorlik tashkilotining 
faoliyati to‘g‘risida asoslangan salbiy fikrlar mavjud emasligi, shu jumladan ommaviy axborot 
vositalarida mavjud emasligi. 
9-bob. Yakunlovchi qoidalar 
49-modda. Xalqaro hamkorlik 
Vakolatli davlat organi qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga muvofiq o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan xalqaro tashkilotlar 
bilan auditorlik faoliyati sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda axborot almashishni 
amalga oshiradi.
50-modda. Nizolarni hal etish 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda 
belgilangan tartibda hal etiladi. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling