Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik faoliyati standartlari


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

9-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning 
xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari 
hamda sifat nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, ishonchni 
ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari 
auditorlik faoliyati standartlaridir. 
Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi 
asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan 
auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi. 
Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni 
tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
2-bob. Auditorlik faoliyati sohasini tartibga solish 
10-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
Auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
auditorlik faoliyatini va auditorlik xizmatlari bozoridagi halol raqobatni ilg‘or xalqaro 
amaliyot asosida rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
auditorlik tekshiruvlarining o‘rnini, ahamiyatini 
va ko‘rsatilayotgan auditorlik 
xizmatlarining sifati uchun auditorlik tashkilotlarining javobgarligini oshirish; 
auditorlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; 
auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazorat qilish tizimini shakllantirish
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish va kasbga oid auditorlarning respublika jamoat 
birlashmalarining tegishli oliy ta’lim tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilishini ta’minlash. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling