Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida
-modda. Auditorning malaka sertifikati
Download 431.77 Kb. Pdf ko'rish
|
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-modda. Malaka imtihoni
19-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) auditorning malakasini tasdiqlaydigan va unga auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradigan hujjatdir. Oldingi tahrirga qarang. Sertifikat basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan beriladigan, qat’iy hisobotga oid hujjatdir. (19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi. Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu Qonunning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga malaka imtihonini topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan davriylik bilan uzaytiriladi. 20-modda. Malaka imtihoni Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning bilimlarini malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir. Oldingi tahrirga qarang. Malaka imtihonini o‘tkazish reglamenti vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi. (20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu Qonun 22-moddasining ikkinchi qismida belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sertifikatning amal qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim etishga haqli. Download 431.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling