Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik
yuzasidan majburiy tartibda
ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:
davlat organlarining axborot resurslari;
davlat organlarining axborot tizimlari;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat
organi tomonidan belgilanadi.
19-modda. Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun
qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining, shuningdek muhim
axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat,
apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan
apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi vakolatli davlat organi
tomonidan belgilanadi.
20-modda. Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi
obyektlarining attestatsiyasi
Axborotlashtirish obyektlarining hamda muhim axborot infratuzilmasi
obyektlarining
attestatsiyasi axborotlashtirish obyektlarining haqiqiy himoyalanganlik holatining kiberxavfsizlik
sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga
muvofiqligini aniqlashga
qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidan iboratdir.
Attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim
axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining
kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
vakolatli davlat organi
tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: