Qoplamalar, termik va boshqa ishlov berish turlarini belgilash chizmalariga qo'llash


QOPLANISH TERMIK VA BOSHQA ISHLOV BERISH


Download 26.16 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi26.16 Kb.
#1031096
1   2   3   4
Bog'liq
Qoplamalar

QOPLANISH TERMIK VA BOSHQA ISHLOV BERISH


Ishchi uchun eskiz tuza bilish katta ahamiyatga ega, chunki ishchi o ‘z ijodiy ratsionalizatorlik fikrini aks ettirishda eng qulay va kam mehnat talab qilinadigan eskiz chizishlari uchun m o‘ljallangan «Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi»da belgilangan qoidalar va shartliklarga muvofiq tuziladi. Davlat standartlarida chizmalar uchun belgilangan barcha qoidalar eskizlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Eskizda ish chizmasidan faqat qo‘lda va detalning o‘lchamlarini e’tiborga olmay chizilganligi bilan farq qiladi. Ammo eskizda ham detalning ayrim qismlari orasidagi nisbat va ko‘rinishlardagi o ‘zaro proyeksion bog‘lanish saqlanishi kerak. Eskizni juda kichik qilib chizish tavsiya etilmaydi. Tasvirning kattaligi detalning o ‘lchamiga, murakkabligiga va qog‘ozning formatiga qarab chiziladi, shuningdek, eskizda hamma kerakli o‘lchamlarni qo‘yish va boshqa ma’lumotlarni yozish kerak. Eskizda ham xuddi ish chizmasidagi kabi detalning frontal tekislikda tasvirlangan proyeksiyasi — bosh ko‘rinish detal haqida boshqa ko‘rinishlarga nisbatan ko‘proq ma’lumot berishi lozim. Detalning boshqa ko‘rinishlari soni mumkin qadar kam, ammo shu detalni to‘la tasavvur qilish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Eskizlarni TOCTdatasdiqlangan formatlarda chizish tavsiya etiladi. Eskiz chizish ikki qismdan iborat: Eskiz chizishga tayyorgarlik. Detalning o ‘ziga qarab eskiz chizishdan avval uni diqqat bilan har tomonlama ko‘rib chiqish lozim, buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: a) detalning nomi, mexanizmdagi ish vaziyati aniqlanadi; b) detal qanday sirtlardan tashkil topganligi tahlil qilinadi; d) detalning bosh ko‘rinishi tanlanadi; e) zarur bo‘lgan tasvirlar soni aniqlanadi; f) detalning qanday materialdan tayyorlanganligi aniqlanadi; g) yuzalarning g‘adir-budurligi aniqlanadi; h) qog‘ozning formati va boshqalar belgilanadi. Eskiz chizish. Avval eskiz formatini ramka chizig‘i bilan chegaralanadi va pastki o ‘ng burchagida asosiy yozuv va texnikaviy talab yozuvlari uchun joy qoldiriladi. Eskizlarni chizish quyidagi bosqichlardan iborat. Detal eskizining oxirgi bosqichi bajarilgandan so‘ng uning o ‘lchamlariga va tozalik belgilariga amal qilgan holda ishchi chizma bajariladi. Birinchi bosqich. Eskiz chizish burchak shtampi uchun joy qoldirib, qog‘ozning ramka chiziqlarini chizishdan boshlanadi. Har bir ko‘rinishning simmetrik o ‘qlari o‘tkaziladi. Detalning tashqi konturi ingichka chiziq bilan chiziladi. Detal elementlarining o‘q va markaz chiziqlari chiziladi. Ikkinchi bosqich. Detalning tashqi ko‘rinadigan kontur chiziqlari chiziladi. Uchinchi bosqich. Detalning ichki ko‘rinmaydigan kontur chiziqlari shtrix chiziq bilan chiziladi, zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Ortiqcha chiziqlar o ‘chiriladi va shtrixlash chiziqlari o‘tkaziladi. Eskiz sinchiklab tekshirilgandan so‘ng ingichka kontur chiziqlar ustidan qalam yurgizib chiqiladi. 3 ta profil qirqim bilan frontal proyeksiya tekisligidagi tasvirga mahalliy qirqim berib bajarilgan. To‘rtinchi bosqich. Chiqarish va o ‘lcham chiziqlari o ‘tkaziladi. Strelkalar, shartli belgilar sirtlarining g‘adir-budurligi belgilari qo‘yiladi. Eskizning burchak shtampi chiziladi. Beshinchi bosqich. O‘lchash asboblari bilan detaldan zarur bo‘lgan o ‘lchamlar olinadi va eskizga qo‘yiladi. Detalni o‘tkazishga oid bo‘lgan shartli belgilar qo‘yiladi, burchak shtampi yozuvlari yoziladi. Zarur bo‘lganda chizma maydonining bo‘sh joyiga izoh yozuvlari yoziladi. Detal eskizini ko‘rinishda (oldidan va chapdan) chizish maqsadga muvofiqdir, ishlab chiqarishda detallarni tayyorlash uchun maxsus o ‘lchash asboblaridan foydalaniladi. Detal yuzalarini lupa yoki biror boshqa kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob orqali kuzatib, bu yuzalarning hammasi bir xil emasligini va unda mayda bo‘rtiq hamda o‘yiqlar (mikronotekislik) mavjudligini ko‘rish mumkin. Ma’lum bir baza uzunligi l chegarasida yuzaning relyefini hosil qiluvchi bu notekisliklar yig‘indisi g ‘adir-budurlik deb ataladi. Ba’zi bir detallarning yuzalaridagi notekisliklarni oddiy ko‘z bilan, boshqalarinikini esa faqat asboblar yordamida aniqlash mumkin. Bunday hollarda detalning yuzasi turlicha g‘adir-budurlikka ega deyiladi. Yuzaning g‘adir-budurligi ГОСТ 2789-59 ga ko‘ra, quyidagi parametrlarning biri bilan aniqlanadi O‘rta arifmetik chekli chetga chiqish Ra, ya’ni o‘lchangan profil nuqtalaridan uning o‘rta chizig‘igacha bo‘lgan masofaning o‘rtacha qiymati: R _ 1 1 1 I 2 1 I ^ 3 I I y I +1 y I +1 y I +_____________1 ....+1 y^ h I 1 • a n 60 b) g‘adir-budurliklarning balandligi R , ya’ni baza uzunligi l chegarasida bo‘lgan g‘adir-budurliklarning beshta chiziqlari cho‘qqisi bilan beshta botiqlari pastki nuqtalari orasidagi (o‘rta chiziqqa parallel bo‘lgan chiziqdan o‘lchangan) o‘rtacha masofa quyidagiga teng: (h + h +... + h ) - (h + h +... + h ) R _ v 1 3_____________ 9 v 2 4_____________ z ~ 5 ‘ ГОСТ 2789-59 da yuzalarning 14 ta tozalik klassi belgilanadi. Detallarga turlicha metall yo‘nish asboblari bilan ishlov berilganda sirtlarning turlicha g‘adir-budurligi hosil bo‘ladi. ГОСТ 2789-59 va 2309-68 lar metall va metallmas (yog‘ochdan, boshqa materiallardan ishlangan detallar yuzalarining g‘adirbudurlik terminologiyasi klassifikatsiyani va belgilanishlarini, 61 shuningdek, hamma sanoat tarmoqlari buyumlarining chizmasida g‘adir-budurlik belgilarini qo‘yish qoidalarini belgilaydi. Barcha tozalik klasslari bitta belgi — teng tomonli uchburchaklik bilan belgilanadi. Uchburchaklikning balandligi A — taxminan o‘sha chizmadagi o‘lcham sonlaridagi raqamlar balandligiga teng bo‘lishi lozim. Belgilar chizig‘ining yo‘g‘onligi chizmada qo‘llanilayotgan asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligining taxminan yarmiga teng bo‘lishi lozim. Uchburchaklikning o‘ng tomonida tozalik klassini ifodalovchi son ko‘rsatiladi, bunda raqamlar balandligi uchburchaklik balandligi bilan teng bo‘lishi va kontur yoki o‘lcham chiziqlariga tegib turmasligi lozim. Detal tasvirida yuzalar g‘adir-budurlik belgilari kontur chiziqlariga, chiqarish chiziqlariga (o‘lcham chizig‘iga yaqinroq qilib) yoki chiqarish chiziqlari tokchalariga qo‘yiladi. G ‘adir-budurlik belgisini qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmagan hollarda bu belgilarni o‘lcham chiziqlariga yoki chiqarish chiziqlarining uzuq joylariga qo‘yish mumkin. ‘adir-budurlik belgisi qavs ichida ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu detalning ayrim yuzalarida A yoki ~ g‘adir-budurlik belgilari bilan ko‘rsatilgan yuzalardan tashqari, qolgan barcha sirtlari qavs ichiga olingan belgi oldida ko‘rsatilgan g‘adir-budurlikka, ya’ni ushbu misolda A3 g‘adir-budurlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Agar detal sirtining hammasi bir xil g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi zarur bo‘lsa, g‘adir-budurlik belgisi detaining tasviriga emas, balki chizmaning yuqorigi o‘ng burchagiga qo‘yiladi. Chizmaning yuqorigi o ‘ng burchagiga qo‘yilgan belgilar o‘lchami tasvirda qo‘yilgan belgilar o‘lchamidan taxminan 1,5 marta katta bo‘lishi lozim. Belgilar chizma ramkasidan 5—10 mm uzoqlikda qo‘yilishi kerak. Qavsda ko‘rsatilgan belgining balandligi tasvirdagi belgilar balandligi bilan bir xil bo‘lishi lozim. Mazkur chizmada aniqlanmaydigan, ya’ni topshirishda ham o‘z holicha o‘zgarmasdan qoldiriladigan (masalan, quyish, bolg‘alash, shtampovkalash, prokatka qilish yo‘li bilan olingan) va qo‘shimcha ishlov berilmaydigan sirtlari ko‘rsatilgan belgi bilan ko‘rsatiladi. Detalni tayyorlashda truba uchlariga ishlov berilgan va F25 diametrli teshik o‘yilgan (teshilgan). Detalning qolgan ichki va tashqi sirtlariga mazkur korxonada ishlov berilmagan va qanday topshirilgan bo‘lsa, o‘sha holaticha qolavergan. Shunga ko‘ra, chizmaning yuqorigi o‘ng burchagida, O38 va F50 mm diametrli yuzalari qabul qilingan holidagicha qolishini va qo‘shimcha ishlov berish talab qilinmasligini ifodalovchi belgi qo‘yiladi. Birinchi klass tozaligidan dag‘alroq ishlanadigan yuzalar g‘adirbudurligi ko‘rsatilgan belgi bilan ifodalanadi. Notekislik balandligi mikron hisobida bu belgi ustida ko‘rsatiladi. Polirovka qilinsin. Rezba ishlov yuzasining g‘adir-budurlig Agar chizmada tishli g‘ildirak, evolventali shlitsa va shunga o‘xshashlar tishlarining profili berilmagan bo‘lsa, ular tishi ishlovchi yuzalarining g‘adir-budurlik belgisini shartli ravishda yotuvchi aylanasi chizig‘iga qo‘yish mumkin. Detalning takrorlanadigan elementlarida (masalan, bir xil teshiklar, pazlar, tishlar) yuzalarning g‘adir-budurlik belgisi faqat bir marta qo‘yiladi. Ko‘rinmaydigan kontur chiziqlariga g‘adirbudurlik belgisi qo‘yish tavsiya etilmaydi. Yuzalar g‘adir-budurligini ko‘rsatuvchi belgini iloji boricha shu yuzaga tegishli o‘lcham chizig‘iga yaqinroq qo‘yish kerak. Agar yuzaga beriladigan ishlov usuli shu yuzaning zarur g‘adir-budurligini ta’minlaydigan yagona usul bo‘lsa, u holda g‘adir-budurlik belgisiga yuzaga ishlov berish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmani, masalan, Polirovka qilinsin so‘zini qo‘shib yozish mumkin. Yuzaning g‘adir-budurligini to‘g‘ri aniqlash uchun anchagina maxsus kurslarni o‘rganish lozim. M ashina loyihalashda detalning qanday maqsad uchun mo‘ljallanganligiga, ya’ni uning ishlash sharoitiga qarab yoki estetik nuqtayi nazardan detal yuzasining g‘adir-budurligi turlicha qilib belgilanadi. Masalan, zazorli qo‘zg‘almas birikmada detallar yuzalarining g‘adir-budurligi taxminan 3—4 klassda, zazorsiz qo‘zg‘almas birikmada detallarning (bir-biriga suyalgan yuzalarning) g‘adir-budurligiga 4—5 klassda, qo‘zg‘aladigan birikma detallari yuzalarining g‘adir-budurligi 6—8 klassda bo‘lishi zarur. Yuzaning kerakli tozalik klassi detal tayyorlash texnologiyasi bilan ta’minlanadi. Har bir sirtning chiqarish chizig‘iga shu sirtni tegishli instrument bilan ishlaganda qanday o‘rtacha tozalik klassiga erishish mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilari ko‘rsatilgan.
Sanoatda detallarning tozalik klasslarini nazorat qilish uchun ba’zan g‘adir-budur etalon namunalaridan foydalaniladi, bunda detal yuzasining g‘adir-budurligi va etalon g‘adir-budurligi ko‘z bilan chamalab solishtiriladi. 0 ‘quvchilar detallar chizmasini chizish paytida aynan shunga o‘xshash, chizmachilik xonalaridagi mavjud etalonlardan foydalanishlari mumkin. Detallarning ish chizmalarida g‘adir-budurlik belgisidan tashqari yuzalarning qoplamasi, termik va boshqa ishlov berish turlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. Chizmalarga tegishli belgilarni qo‘yish qoidalari ГОСТ 2310 68 da to‘la bayon qilingan. Qoplamalar belgisi yuzaning texnikaviy talablarida ko‘rsatiladi. Agar detal sirtining faqat bir qismiga termik ishlov berish yoki qoplash lozim bo‘lsa, bu yuza yaqqol ko‘ringan tasvirida ishlov berish talab qilingan qismi ustidan yo‘g‘onroq shtrix-punktir chiziq bilan yurgizib chiqiladi va tegishli yozuv bilan ta’minlanadi. Termik ishlov berish (sementlash, azotlash, toblash va boshq.) detallarning mexanikaviy sifatini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Termik va boshqa turda ishlov berilgan buyumar chizmasiga detalning ishlov berish natijasida olingan sifat ko‘rsatkichlari qo‘yiladi. Ishlov berish chuqurligi h harfi bilan belgilanadi. HRC 45—50 yozuvlar detalning ishlov berilgandan keyingi yuzasining Rokvell shkalasi bo‘yicha qattiqligini ko‘rsatadi. Agar ishlov berilishi zarur bo‘lgan yuzalari chizmada aniq bo‘lmasa, ularning o‘lchamlarini qo‘yish shart emas. Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko‘pchiligida mexanikaviy, pnevmatik hamda elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig‘ish chizmalariga va umumiy ko‘rinishlar chizmalariga qarab o‘rganish juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar, ya’ni sxemalar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog‘lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko‘rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi ( 0 ‘zDSt 2.721-98). Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi. Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular, asosan, to ‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada chizilishi ham mumkin. Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushuntirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushuntirishlar berilishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ish birliklari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Bularga nasos, podshipnik, mufta va boshqalar kiradi. Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tom onidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli guruhlarda belgilangan. 1. Sxema elementi — sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va m a’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transformator, kompressor, mufta kabilar. 2. Moslama — yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, apparat, mexanizm biror buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin. 3. Funksional guruh — yagona konstruksiyaga kirmasa-da, buyumda m a’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi. 4. Funksional qism — ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi. 5. Funksional zanjir — m a’lum yo‘nalishda ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt. 6. O ‘zaro bog‘lanish chizig‘i — buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi. 7. O ‘rnatish — energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan obyektning shartli nomi. Sxemalarning turi va k o ‘rinishlari ( 0 ‘zDSt 2.701). Standart barcha sanoat tarmoqlari bo‘yicha sxema turlari va ko‘rinishlarini chizish uchun tasdiqlagan. Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o ‘zaro bog‘lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi: EL — elektr, G — gidravlik, P — pnevmatik, K — kinematik, O — optik, V — vakuumlik, G — gazli, R — radio, E — buyumni tarkibiy qismlarga bo‘luvchi, S — kombinatsiyalashtirilgan sxema kabi turlarga bo‘linadi. 1 — strukturali, 2 — funksional, 3 — prinsipial, elektr sxemalar uchun to ‘liq, 4 — birlashtirish (montaj) elektr sxemalari 70 uchun, 5 — ulash, 6 — umumiy, 7 — joylashtirish va 0 — yig‘ish. Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, prinsipial elektr sxemasi, gidravlik prinsipial sxema va boshqalar. 1. Strukturali sxema — buyum qismining asosiy funksiyasini, o‘zaro bog‘lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlarini to‘g‘ri to ‘rtburchak shakllarda tasvirlash qabul qilingan bo‘lib, ularga sxema elementlarining raqami, belgisi, turi yoziladi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. 2. Funksional sxemada — buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi. 3. Prinsipial sxemada — buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlarning barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra, sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘la ma’lumot beradi. 4. Birlashtirish (montaj) sxemasi — buyum qismlari orasidagi o‘zaro birlashishlar ko‘rsatiladi. Unda shunday birlashishlarni amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi. 5. Ulash sxemasida buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birlashish (ulanish) joyi ko‘rsatiladi. 6. Umumiy sxemada kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida qanday montaj qilish haqida ma’lumot beradi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi. 7. Joylashtirish sxemasida buyum tarkibiy qismlarining birbiriga nisbatan qanday joylashtirilganligi ko‘rsatiladi. 8. Birlashtirilgan sxemada biror maqsadni ko‘zlab, ikki-uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), biriktirish va ulash sxemalari. Bunday biriktirishlar sxema turi va ko‘rinish hujjati bilan aniqlanishi lozim. Masalan, elektr prinsipial sxemasi va ulash sxemasi. 9. Kombinatsiyalashtirilgan sxemada buyum tarkibiga turli elementlarning ko‘rinishlari kiritilishi munosabati bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir qanchasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo‘ladi, masalan, elektr-gidravlik prinsipial sxema. 10. Turli k o ‘rinish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi. Sxemalarning shifri, ularni o‘qish, bajarishga qo‘yiladigan talablar ularda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilar standartlarda ko‘rsatilgan. Ish jarayonida standartlarning talabiga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Sxemaning shifri standartga muvofiq uning turini ko‘rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema — P1, kinematik funksional sxema — K2 va h.k. Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o‘qish oson bo‘lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari, grafik belgilarni bog‘lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kesishadigan bo‘lishi hamda parallel bog‘lovchi chiziqlar orasidagi masofa 3 mm.dan kam bo‘lmasligi lozim. Elektr sxemalarda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilarning o‘lchamlari standartda berilgani holda boshqa turdagi sxemalar elementlarining o‘lchamlari nisbati ularning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim. Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat raqam belgilari qo‘yiladi. Har bir elementning tartib raqami harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig‘i tokchasiga qo‘yiladi. Tokcha ostiga, kerak bo‘lganda, element to‘g‘risida tushuntirish yoziladi. Sxemalar harakatga keltiriladigan joydan boshlab o‘qiladi. 0 ‘qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishini o‘qish qiyinlik qilsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o‘qish tavsiya etiladi. Sxema elementlarining shartli grafik belgilari bog‘lanish chiziqlarining yo‘g‘onligida chiziladi. Bog‘lanish chizig‘i yo‘g‘onligi 0,2—1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar bir xil tanlangan yo‘g‘onlikda chizilishi shart. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan qabul qilingan vaziyatda chizilishi lozim. Lekin ba’zi maqsadlarni ko‘zlab, ularni 90° ga burib yoki 180° ga ag‘darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli-raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45° ga burib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. Sanoat va qurilishning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishga mo‘ljallangan. Prinsipial elektr sxemalarida elementlar shartli grafikaviy belgilar ko‘rinishida chiziladi. ESKDda elektr sxemalarning shartli grafikaviy belgilanishiga bir necha standartlar bag‘ishlangan, shuning uchun belgilar bilan «Elektrotexnika» kursini o‘zlashtirgandan keyingina to‘la tanishib chiqish mumkin. Buyumlar uchun elektr sxemalar elektr tarm oqlaridan uzilgan holatda chiziladi. Elektr bog‘lanish chiziqlari sxema formatiga qarab 0,2 mm. dan 0,6 mm. gacha yo‘g‘onlikda chiziladi. Sxemada tasvirlangan har bir elementning harf va raqamli pozitsion nomeri bo‘lishi kerak, bu raqam harfli belgidan va elementning tartib raqamidan tuzilgandir, masalan, kondensatorlar C1, C2, C3, rezistorlar R1, R2, R3 va h.k. Elementning harfiy belgisi elementning qisqartirilgan nomidan iborat bo‘lishi kerak, masalan, transformatorning belgisi — 73 7R, akkumulator batareyasiniki — B, generatorniki — G, ampermetrniki — A, rezistorniki — R, kondensatorniki — C va h.k. Sxemalarni elementlarning raqamli pozitsion belgilari bilan bajarish ham mumkin. Pozitsion belgisi aylanacha ichiga yozilishi va shartli grafikaviy belgisi yoniga yozib qo‘yilishi kerak. Elementlar birinchi listdagi asosiy yozuv ustidagi ro‘yxatga yozib qo‘yiladi. Detalga elektr uchqunli stanokda ishlov berish jarayonini avtomatik rostlashning elektr prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz. Elektr uchqunli stanokda detalga ishlov berishda metalldan yasaladigan detal va asbob orasida elektr zaryadlari paydo bo‘ladi, natijada detaldan metall qatlami sidirib tashlanadi. Detal bilan asbob elektrodlar hisoblanadi. Detal «A» tok manbayining «+» klemmasiga ulanadi. Elektr zaryadlari detaldan materialning mayda zarralarini sidirib tashlaydi, bu zarralar ichida suyuqligi 74 b o ‘lgan vanna V ning tagiga cho‘kadi, bunda elektrodlar o‘rtasidagi oraliq kattalashib elektr zaryadi hosil bo‘lishi to ‘xtaydi. Detal bilan asbob o‘rtasidagi oraliq bir xil bo‘lishi uchun asbobni uning o‘qi bo‘ylab harakatlantirish kerak.

Download 26.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling