Qoplamalar, termik va boshqa ishlov berish turlarini belgilash chizmalariga qo'llash


Gaz alangasida ishlov berish usullarining klassifikatsiyasi


Download 26.16 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi26.16 Kb.
#1031096
1   2   3   4
Bog'liq
Qoplamalar

Gaz alangasida ishlov berish usullarining klassifikatsiyasi
Gaz alangasida ishlov berish usullarining klassifikatsiyasi
Materiallarga gaz alangasida ishlov berish boshqa usullarining afzalliklariga qaramasdan, yuqori iqtisodiy tejamkorligi va texnologik usullarining ko‘pligini hisobga olgan holda gaz alangasida ishlov berish qurilish, kimyo, energetik mashinasozlik va boshqa sanoat sohalarida qo‘llanmoqda.

Gaz bilan eritib qoplash
Eritib qoplash deb, payvandlash yordamida buyum sirtiga metall qatlamini qoplashga aytiladi. Odatda, eritib qoplangan qatlam karbidlarning mayda zarrachalaridan iborat nomuvozanat strukturaga ega. Karbidlarning tarkibiga qarab alohida xossali (yeyilishga chidamli, kislotabardosh, olovbardosh, antifriksion va boshqalar) suyuqlantirilgan qoplam hosil qilish mumkin. Bunday eritib qoplashdan buyumlarni ta'mirlash va tayyorlashda foydalaniladi. Eritib qoplashda payvandlashdan farqli ravishda asosiy metall uncha chuqur suyuqlanmasligi tufayli uning ozgina miqdori jarayonda qatnashadi, shu sababli buyumning ichki kuchlanishlari va deformatsiyalanishi, darzlar hosil qilishga moyilligi nisbatan kichik.
Eritib qoplangan qatlam tarkibiga legirlovchi elementlar kiritib, uning berilgan alohida xossalarini hosil qilishga erishiladi. Eritib qoplashda suyuqlantirib qoplangan metallning kimyoviy jihatdan bir jinsli tarkibini, binobarin, eritib qoplanadigan detalning butun yuzasida uning xossalarini hosil qilish ayniqsa muhimdir. Eritib qoplashda talab etilgan erish chuqurligiga erishish uchun asosiy va qo'shimcha metallning qizish darajasini rostlab olish lozimdir. Bunga erishish uchun gaz alangasini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi va ushbu gaz alangasi yordamida eritib qoplash usulining afzallik tomoni ham shundadir. Gaz kislorodli alanga ham erigan metallni atrof-muhitdan, kisloroddan oksidlanishining oldini oladi va erigan metall tarkibiga kiruvchi (talab etilayotgan xususiyatni ta'minlovchi) elementlar uchib ketishining oldini oladi. Gaz bilan eritib qoplashning kamchiligi elektr yordamida qizdirish usullariga nisbatan ish unumdorligi ancha pastligi va asosiy metallga termik ta'sirning kattaligi.
Download 26.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling