Qoplamalarini tekshirish usullari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1773190
1   2   3   4
Bog'liq
2 slayd

AVTOMOBIL 
YO‘LLARINI 
OBODONLASHTIRISH.


O‘zbekiston prezidentining «2020−2024 yillarda umumiy foydalanishdagi 
avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi 
muhokama uchun e’lon qilindi.
Hujjatda yo‘llarni obodonlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini 
rivojlantirish konsepsiyasini hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil 
yo‘llarini obodonlashtirishning 2020−2024 yillarga mo‘ljallangan dasturini 
tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Kontsepsiyaning asosiy maqsadi — magistral 
yo‘llar bo‘ylab yashil maydonlarning sifatini oshirish va yaxshilashdan 
iboratdir.
2020 yil 1 mayga qadar umumiy foydalanishdagi yo‘llardagi yashil 
maydonlarni inventarizatsiya qilish va 2021 yil 31 dekabrgacha yashil 
maydonlar va ularning o‘sishini qayd etish uchun yagona axborot-
kompyuter tizimini yaratish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, 
bosqichma-bosqich ko‘kalamzorlashtirish uchun tomchilatib sug‘orish 
tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.



Avtomobil yo‘llarini sug‘orish va yashil maydonlarni parvarishlash uchun resurs tejaydigan 
texnologiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan 
«Yo‘lko‘kalam Sug‘orish» unitar korxonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, yo‘llarni obodonlashtirish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish markazini tashkil etish kutilmoqda. Uning vazifasi yo‘llarni obodonlashtirish 
sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va ijodiy qo‘llash, shuningdek, obodonlashtirish 
sohasida tugallangan ishlanmalarni amalga oshirishda mutaxassislarning manfaatdorligi 
va javobgarligini oshirishdir.
2020−2024 yillarda qorni ushlab turish, dekorativ va shovqindan himoya qilish 
funksiyalarini hisobga olgan holda yo‘llarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, 
yashil maydonlarning holati va sifatini yaxshilash, yashil maydonlarga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘lish uchun ma’rifiy ishlar olib borish, manzarali o‘simliklar va gulzorlarni 
yetishtirish uchun pitomniklar yaratish rejalashtirilgan.
Konsepsiyada yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning hozirgi holatiga baho berilgan bo‘lib, 
unga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakat yo‘l tarmoqlarining umumiy uzunligi 184 ming 
km dan ortiq. 2018−2019 yillarda 1724 km yo‘l ko‘kalamzorlashtirildi.


Qaror loyihasida mavjud yashil maydonlarning nazoratsiz qolgani, umumiy foydalanishdagi jamoat 
avtoyo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar ixtisoslashmagan korxonalar tomonidan amalga oshirilgani, 
ular bir yillik gullarni ekish bilan cheklangani qayd etiladi. Shuningdek, 2008 yildan 2017 yilgacha suv ta’minoti 
va sug‘orish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmagan. 2008 yildan 2017 yilgacha ushbu maqsadlar 
uchun 46,5 mlrd so‘m ajratilgan.


Umumiy ko‘rish qobiliyati xususiyatiga ko‘ra borliqning o‘lchamini ham 
ko‘rsatadi. Inson borliq teranligini ko‘rganda albatta nigoh tushgan jismlar 
o‘rtasidagi masofani xam chamalaydi. Shundan kelib chiqib fikr qiladigan 
bo‘lsak, borliq teranligini to‘g‘ri baholash uchun masofani nigoh bilan 
chamalashga asos bo‘ladigan nuqtalar kerak. Buning uchun borliq teran 
idrok qilishga imkon beradigan qismlarga bo‘linadi, yo‘ldagi nigoh 
tushadigan, masofani chamalash harakat xavfzligi uchun ahamiyatli 
bo‘lgan joylarga ko‘kalamzorlashtirish uchun guruh qilib ekinlar ekiladi, yo‘l 
belgilari, ko‘rsatgichlar qo‘yiladi. Ko‘kalamzorlashtirish loyihasi tuzilganda 
avtomobillarning hisoblangan harakatini e’tiborga olish kerak. Tezlik qancha 
katta bo‘lsa alohida yoki to‘p qilib daraxt ekishning o‘rniga katta 
daraxtzorlar qilish to‘g‘ri bo‘ladi, shunda daraxtlar ko‘z oldidan lipillab 
o‘tmaydi, yo‘l chetini saqlash уengil bo‘ladi. Uzun, bir xil ekinning o‘rniga 
daraxtlarni guruh qilib ekish to‘g‘ri bo‘ladi. Kichik daraxtlar guruhiga 
qo‘shimcha daraxtlar ekilishi, qalin butalarni esa siyraklashtirib, yo‘ldan 
manzara yoki imoratlar ko‘rinadigan qilish mumkin, noxush ko‘rinishni berkitish 
uchun daraxt ekish, bezatish ishlarini bajarsa bo‘ladi. 


Yo‘ldan ko‘rinadigan manzara o‘rmon joylarining bir xilligini buzadigan dominantga 
aylanadi. Loyihadagi bunday ishlar asoslangan bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan 
muhandislik psixologiyasidagi ma’lum bir qoidani e’tiborga olish kerak, ya’ni yangi 
signalni idrok qilish vaqti (cheklanmagan sharoitdagi reaksiya vaqti) 3 sekund bo‘ladi, 
4 sekund qaraganidan so‘ng qarovchida betoqatlik alomatlari paydo bo‘ladi. 
O‘rtacha idrok qilish vaqtini 3,5 sekund deb olaylik, ekinzorlar, binolar uzilgan joydagi 
oraliqni ko‘rish 3,5 sekunddan oshmaydi deb hisoblaymiz. Shunda uzilgan joylarning 
chegaraviy (hisoblanadigan) uzunligi (metrda) son jihatidan (kilometrdagi) lr = υr 
harakat tezligiga teng bo‘ladi. O‘rmon manzarasi bir xil bo‘lganda, yo‘l o‘tkazish 
uchun o‘rmon tozalanganda, alohida daraxtlarni, o‘rmon ko‘tarilgan joylarni qoldirish 
kerak. Yaxshi ko‘rinib turishi uchun daraxtlar ko‘tarilgan joylar bilan ular orasidagi 
masofani hisobga olingan lr qiymatdan kamaytirmaslik kerak. Yo‘naltiradigan 
daraxtlar harakat yo‘nalishi o‘zgarishini bildiradi, uzoqdan haydovchiga burilishning 
egilish darajasini ko‘rsatadi. Ular faqat liniyali, o‘tish o‘qiga parallel joylashgan, уer 
poyidan chetda bo‘lishi kerak. Ularning uzunligi burilish radiusiga bog‘liq bo‘ladi, 
ularning qatori esa egri chiziqqa yaqinlashish joyidan qaraganda harakat polosasi 
butun kengligini berkitgandek bo‘lishi kerak.

Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15
  • Slide 16
  • Slide 17
  • Slide 18
  • Slide 19
  • Slide 20
  • Slide 21
  • Slide 22
  • Slide 23
  • Slide 24
  • Slide 25

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling