Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Fizika – matematika fakulteti Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi i-“A” guruh talabasi Oppoqxonova Madinaning Yosh fiziologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 128.34 Kb.
|
Nerv tizimining ahamiyati va uning gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv sistemasining quyi funksiyasi
- Oliy nerv faoliyati
- Nerv sistemasi gigiyenasi.
Nerv tizimining ahamiyati va uning gigiyenasiOdamning xulq – atvori, aql – idroki, fikirlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarni uning oliy nerv faoliyati belgilaydi.Odam organizmining barcha to’qima va a’zolaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Nerv sistemasi odam organizmini u yashayotgan sharoitning o’zgarishlariga moslashtiradi.Oliy verv faoliyati. Nerv sistemasining funksiyalari: Nerv sistemasining quyi funksiyasi. Nerv sistemasining quyi funksiyasi:Odam organizmining barcha hujayra, to’qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir – biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlashdan iborat. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari bajaradi.Oliy nerv faoliyati:Odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog’lanishni, muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Odamning xulq – atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari ham oliy nerv faoliyati hisoblanadi. Nerv sistemasining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlari va uning po’stloq qismida) joylashgan nerv markazlari bajaradi.Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog’lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali amalga oshiriladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar haqidagi ta’limotida odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namoyon bo’lishini ko’rsatib berdi.Refleks – tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmining nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir.MNSning qaysi qismi isgtirok etishiga ko’ra: Shartli reflekslar Shartsiz reflekalar Shartsiz refleklar – tug’ma bo’lib, odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan. Shartsiz refleklar doimiy, ya’ni ular odamning hayoti davomida yo’qolib ketmaydi. Bu reflekzlar nasldan – naslga o’tadi.Shartli reflekslar – odamning hayoti davomida hosil bo’ladi. Muayyan shartli refleks uzoq vaqt takrorlanmasa so’nishi mumkin. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil bo’ladi.Shartsiz reflekslar Qon aylanishi Nafas olish Najas va siydik ajralishi va b. Ovqat chaynash, yutish Maktabga bormagan yosh bola qo’ng’iroq nima uchun chalinishini bilmaydi Maktabga borgan kundan o’qituvchilar qo’ng’iroq chalinishini tushuntiradi Bolada qo’ng’iroqqa nisbatan harakat reflekslari paydo bo’ladi Darsga kirishga qo’ng’iroq chalinganda bola sinf tomon turadi Darsdan chiqishga qo’ng’iroq chalinganda u daftar-kitobini yig’ishtirib, tashqariga chiqishga harakat qiladi. Nerv sistemasi gigiyenasi.Odam tug’ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatning takomillashishi, ya’ni tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o’rganishi miya po’stlog’idagi nerv markazlarining funksional holatiga bog’liq. Har bir odam tabiatning eng muhim mo’jizasi bo’lgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bo’lgan gigiyena chora – tadbirlariga amal qilishi zarur.Download 128.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling