mavzulami odatda OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat olib borgan yoki ish bilan o‘qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab oladilar. 2. Talaba o‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bo‘yicha ish olib boradi. Talabaga mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida quyidagi usullar yordam beradi a) yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan yutuqlarining qisqa taxliliy tafsilotlarini o‘rganish (chunki ushbu tafsilotlaming oxirida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar albatta ko‘rsatiladi); b) oldin bajarilgan tadqiqotlarda o‘rganilgan muammolarga yaqin mavzulami tanlash, bunda yangi, yana ham mukammalroq metodlardan foydalanish; d) tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo o‘rganilmagan gipotezalarni tekshirish; e) maxsus adabiyotlar va davriy psixologik-pedagogik nashrlar bilan muntazam tanishib borish: maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish III. Kurs ishi (loyihasi)ning tuzilishi - 1. Titul varog’I
- 2. Mundarija
- 3. Kirish
- 4. Kurs ishi (loyihasi)ning asosiy
- 5. Xulosa
- 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida
- 7. Ilovalar
Kurs ishi (loyihasi)ning hajmi A 4 formatdagi 15-20 varaqdan iborat bo‘ladi. Har bir Kurs ishi (loyihasi)ning hajmi A 4 formatdagi 15-20 varaqdan iborat bo‘ladi. Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda 60 ta belgi (so‘zlar orasidagi o‘tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bo‘lishi kerak. 0 ‘ngdan - 3sm, chapdan - 1 sm, yuqoridan - 2,5 sm, pastdan - 2,5 sm joy qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval hajmda ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi. Ish mantiqiy izchillikda, adabiy tilda yoziladi. Unda murakkab qo‘shma gaplardan, shuningdek, o‘ta sodda gaplami ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |