Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti
Download 15.21 Kb.
|
Guruhga tavsifnoma
Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 3-bosqich 304-guruh talabasi Akbaraliyeva Rayxonaxon tomonidan Farg`ona viloyati O’zbekiston tumanidagi 56-sonli DMTT tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilariga yozgan TAVSIFNOMA Tayyorlov guruhda 30 nafar tarbiyalanuvchi bo`lib, shulardan 17 nafari qiz bolalarni , 13 nafari esa o`g’il bolalarni tashkil etadi.Guruh tarbiyalanuvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o`qidigani yo`q.Guruhdagi tarbiyalanuvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq.56-DMTT dagi boshqa guruhlarga nisbatan giperaktivligi bilan ajralib turishini ko`rishimiz mumkin.Tarbiyalanuvchilar tartib intizomli.Guruhda iqtidorli tarbiyalanuvchilar ko`pchilikni tashkil etadi.Ular o`zlarining rasm chizishi, tadbirlarda yaxshi ishtirok etishlari, she`rlarni tez yodlashlari bilan ajralib turishadi.Guruhda biroz bo`sh o`zlashtiradigan tarbiyalanuvchilarni ham bor.Bunday bolalar bilan tarbiyachi o`yinli-ta`limiy mashg`ulot yakunlanganidan so`ng shug`ullanishadi.Guruhdagi aktiv bolajonlar ham tarbiyachiga yordam berib ortda qolayotgan bolalarga yordam berayotganlarini ko`rishimiz mumkin. Haftaning Dushanba va Seshanba kunlari qoshimcha rus tili mashg`uloti bilan shug`ullanishadi.Bolajonlar katta qiziqish bilan rus tilini o`rganishadi.Hozirgi yoshda bolalarning diqqati juda tarqoq holatda boladi.Shu sababli ham tarbiyachilar mahorat bilan yondashib o`yinliy-talimiy faoliyatini amalga oshirishadi.Guruhga Rasuljonova Mohigiul opa tarbiyachi .Ular bolalarni diqqatini uzoqroq jalb qilish uchun qiziqarli o`yinli faoliyatlardan foydalanishadi.Bu menga ajoyib mahorat darsi boldi.Har bitta mashg`ulotlarida tarbiyalanuvchilarni tasavvurlarini kengaytirish uchun ko`rgazmali rangli rasmlardan ,mulyajlardan , yoki maketlardan foydalanishadi.Bu esa bolajonlarning tasavvur dunyosini kengayishiga olib keladi.Bolalar sekin- asta mashg`ulotlar yordamida idrok,tafakkur kabi psixalogik tomonlari rivojlanib boradi.Guruh umumiy olganda boshqa guruhlarga nisbatan ancha giperaktiv.Bunday bolajonlar bilan ishlash tarbiyachilarga qiyinchilik tug`diradi.Buni amaliyot mobaynida guvohi bo`ldim.Guruhdagi iqtidorli bolajonlar hisobiga bu katta guruh boshqa guruhlarga nisbatan tadbirlarda faolligi bilan ajralib turadi.Tarbiyachilar bolalarning giperaktivligini to`g`ri yo`naltirib tarbiyalab borishmoqda. Men ishonamanki 56-DMTT dagi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilaridan kelajakda buyuk insonlar yetishib chiqishadi. Amaliyotchi talaba R.Akbaraliyeva Download 15.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling