Mehr kutubxonasi


Download 1.42 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1392068
Bog'liq
Shoira apka



"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Shavot tumanidagi “Shodlik” xususiy maktabgacha ta'lim muassasida bo'ldilar. Bog'cha tarbiyalanuvchilariga kitoblar sovg'a qilib, ularga ertak o'qib berdilar.



Qalbimizda mangu yashaysiz!
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlab “Qalbimizda mangu yashaysiz!” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda maktab o'quvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda so'z olgan viloyat AKM va Yoshlar ishlari agentligi Urganch shahar bo'limi mutaxassislari Islom Karimovning Vatanimiz oldidagi xizmatlari haqida atroflicha so'z yuritdilar.


"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Shovot tumanidagi Beshmergan qishlog’i hamda Urganch shahrining 20-son mahallasi aholisiga kutubxona xizmati ko'rsatdilar. U yerlarda yashovchi keksa va nogironligi bo'lgan fuqarolarga so'ragan kitoblarini topshirdilar.


Davra suhbati
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va Urganch shahrida joylashgan harbiy qism hamkorligida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab “Navoiy navosi - milliy ruh davosi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

ZAKOVAT” intellektual o‘yini


Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Urganch shahridagi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat arobobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bo'yicha “ZAKOVAT” intellektual o‘yinini o‘tkazdilar. Bellashuvda maktabning uch jamoasi qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko'ra “Bobur izdoshlari” jamoasi bilimdonlari g'alaba qozonishdi.


Bobur – buyuk shaxs
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Urganch shahrida joylashgan harbiy qismda “Bobur – buyuk shaxs” mavzusida tadbir o'tkazdilar. Unda so'z olgan markaz sektori mudiri Shoira Sodiqova harbiylarga Boburning harbiy yurishlari, Boburiylar imperiyasi haqida so'zlab berdi.


Qo’shko’pirlik o’quvchilar kutubxonada
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Qo’shko’pir tumanidagi 25-son umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari uchun sayohat uyushtirildi. O’quvchilar markaz xizmat va sektorlari faoliyati, kutubxona fondi, elektron resurslari, bu erda tashkil qilingan ko'rgazmalar hamda o'lkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan tanishdilar.


Davra suhbati
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 108 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi. Unda Yangibozor tumanidagi 8-son umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida markaz sektori mudiri Shoira Sodiqova ularga Zulfiyaning ijodiy merosi to'g'risida so'zlab berdi. O'quvchilar shoira ijodidan namunalar o'qidilar.

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari O’zbekiston Respublikasi DXX chegara qo`shinlari viloyat boshqarmasida O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 108 yilligiga bag'ishlab “Muhabbat va sadoqat kuychisi” mavzusida tadbir o’tkazdilar. U erda shoiraning asarlari ko’rgazmasini tashkil qildilar.


Tadbir davomida markaz sektori mudiri Shoira Sodiqova Zulfiyaning hayoti va ijodi haqida so’zlab berdi. Shoira Qurbonbika O’rozmetova Zulfiyaga bag’ishlangan hamda onalar va Vatan haqidagi she’rlarini o’qib berdi.


O'zbek ayolining buyuk timsoli
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va Urganch davlat universiteti akademik litseyi hamkorligida O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 108 yilligiga bag'ishlab “O'zbek ayolining buyuk timsoli” mavzusida adabiy-badiiy kecha o'tkazildi. Uni UrDU akademik litseyi ijrochi direktori, geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Otabek Rahimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda so'z olgan markaz sektori mudiri Shoira Sodiqova kutubxona fondida saqlanayotgan Zulfiyaning asarlari, u haqdagi kitoblar va maqolalar to'g'risida ma'lumot berdi. Litsey ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Mehribon Qo'shnazarova shoiraning ijodiy merosi to'g'risida so'zladi. O'quvchilar Zulfiya hayotidan olingan sahna ko'rinishlarini namoyish etib, ijodidan namunalar o'qidilar. Ijodkor yoshlar Zulfiyaga atab yozgan she'rlarini o'qib berdilar.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling