Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


KO‘RGAZMALILIK METODINING ASOSIY KOMPONENTLARI


Download 284.47 Kb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi284.47 Kb.
#1751313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish Dilraboo

KO‘RGAZMALILIK METODINING ASOSIY KOMPONENTLARI
Ta’limning amaliy metodi (kontur xarita to‘ldirish, mashq bajarish, o‘quv topshiriqlarini yozma tayyorlash). Amaliy metod. Ta’limning amaliy metodida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri bolalar oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi: Amaliy metodning quyidagi turlari mavjud:
1. Laboratoriya tajribasida turli o‘quv topshiriqlarni amalda bajarish. O‘quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, chizgich, sirkul va boshqalardan foydalanib, chizish, qirqish, yelimlash, o‘lchash kabi ishlarni bajaradilar.
2. Mashq - o‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mashq vositasida turli malakalar - intellektual va aqliy malakalar tarkib toptiriladi.
Bilish (anglash) faoliyatining bosqichlariga ko‘ra metodlar quyidagi turlarga ajrtiladi: (Ularni rivojlantiruvchi ta’limning asosiy yo‘nalishlariga ham kiritadilar) - tushuntirish, namoyish etish, illustrativ tushuntirish;
-Ko‘rgazmali qurollar
-Nomoddi Moddiy
-Dars jarauonida so‘z orqali yodga tushiriladigan
-Tasvirlangan ko‘rgazmali ќurollar
-Eshitiladigan
-Audio-vizual
Texnika vositalaridan foydalanish uchun slayd plenkaga chizilgan chizma, sxema, model grafik va boshqalar
Oddiy yoki magnitli doskaga chizilgan jadval, sxema, grafik, qiyin so‘zlar va boshqalar. Avvaldan chizib, tayyorlab qo‘yilgan plakatlar, sxema, jadval, diagramma va boshqalar Magnito fon, plastinka, kompakt disk va boshqalar O‘quv filmi, kompakt diskka yozilgan ma’ruza matnlari, testlar, masala, mashqlar va hokazo reproduktiv (tayyor bilim berish); - muammoli ta’lim; - qisman izlanish (evristik); - ilmiy-tadqiqotchilik metodlari.
Tushuntirish, namoyish etish metodi - uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning axborotni o‘zlashtirishini tashkil etishdir. Bu faoliyat shundan iboratki, o‘qituvchi tayѐr axborotni turli vositalar bilan beradi, o‘quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O‘qituvchi axborot berishni og‘zaki, darslik va qo‘shimcha qo‘llanmalardagi iboralar, ko‘rsatmali qurollar va h.k. ѐrdamida amalga oshiradi.
Reproduktiv metod - namunaga qarab o‘quv materialini o‘zlashtirish metodidir. Har qanday materialni bayon qilishda yoki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayyor yechib ko‘rsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar o‘rganilgandan so‘ng boshqa namunaga o‘xshamagan lekin namunaga qarab yechilishi mumkin bo‘lgan mashqlar tushuniladi.
Mashqlar (savollar) namunadagi ya’ni reproduktiv usuldagi o‘zlashtirishga mo‘ljallangan o‘quv materiali bo‘lsa, bularni namuna bilan bir xil turdagi o‘quv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni o‘rganish qulay va materialni o‘zlashtirishdagi dastlabki qadamlar bo‘ladi.
Lekin bu usulda olingan bilim o‘quvchining esida turmaydi, ya’ni olingan bilim mustahkam bo‘lmaydi. Reproduktiv metodda bilimlarni o‘zlashtirish darajalari bir xil bo‘ladi.
Reproduktiv metod - o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni egallashi, shu bilan birgalikda bilimlarning o‘zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o‘qituvchi topiriqlar tizimi orqali ularning o‘zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. O‘qituvchi topshiriqlar beradi, o‘quvchilar esa topshiriqlarni namuna asosida yechadilar.
Muammoli ta’lim metodlari - o‘quvchilar fanning turli sohalaridan kengroq ma’lumot o‘rganishi, o‘zlashtirishi bilan birga hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak.
Ana shu maqsadda o‘qitishni o‘quvchilarning u yoki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqodni eslatadigan, o‘quvchilar uchun "kashfiyotlar" bilan tugaydigan, ya’ni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish zarur. Muammoli ta’lim masalalari bo‘yicha juda ko‘p pedagog olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Masalan, Yu.K. Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov va boshqa olimlar.
Izlanishli metod (evristika) - o‘quvchilarni asta sekin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun avvalo tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga o‘rgatish, ularda asta-sekin ko‘nikma xosil qilish zarur. Ushbu metodning muxim tomoni shuki, unda o‘qituvchi muammoli masalani kichik muammolarga ajratadi, o‘quvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi.
Ilmiy tadqiqotchilik metodida ma’ruzalar, ma’lumot yoki hisobotlar, referatlar, mustaqil ishlar, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashda qo‘l keladi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo‘llanishini ta’minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo‘llanishini o‘zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarni shakllantiradi, to‘rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotchilik metodi - o‘z navbatida quyidagi muayyan o‘quv topshiriqlarini bajarishda qo‘llaniladi:
1. Hujjatlar, tarixiy yozma manbalar bilan ishlashda;
2. Surat, illustrasiyalar bilan ishlashda;
3. Atlas, xaritalar bilan ishlashda;
4. Jadval, chizma, diagrammalar bilan ishlashda;
5. Moddiy (arxeologik) manbalar bilan ishlashda.
Ko’rgazmali metodlar deganda, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish darajasini btlgilaydi. Bunda, masalan, tikuv mashinasi detallari namunalari ko’rsatilishi yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonning videotasviri namoyish qilinishi mumkin.
Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. O’qituvchi esa qoshimcha tuzatishlar kiritishi mumkin, xolos.
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda o’quvchilarning bilish faoliyati ko’gazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tassavurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni tartibga solish va boyitishga, shuningdek, o’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.
Ta’limning ko’rgazmali metodlari o’quvchilarning bilim faoliyatida obrazli va mantiqiy, aniq va mavhum, hissiy va aqliy jihatlar nisbatini chuqur tushunishni talab etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ta’lim metodlari va usullari Keyingi yillarda, ta’lim tizimi amaliyotida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan o‘qitish va o‘rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.Hikoya, monolog, dialog, suhbat Syujetli hikoya, tahliliy, syujetli rasmlar, ifodalab berish Bosma-matn (matn+so‘z) Hujjatlarni tahlil qilish, asosiy tushunchalarni ѐzib, ular ichidan murakkab tushunchalarni ajratib olish. O‘qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o‘quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo‘lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo‘ya qolish bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, o‘rgatish ham lozim. O‘quv materialini o‘quvchilarning xotirasida mustahkam o‘rnashishiga yordam beradigan bu va shunga o‘xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usul-lar bilan o‘zviy bog‘langan ikkinchi gruppaga kiritish mumkin. 
Shuni aytish kerakki, obrazli tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar, 
xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi - tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. 
Tushuncha o‘quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o‘quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi. 
Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o‘quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Tarixiy tushunchalarni o‘zlashtirish juda katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Tushunchalar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o‘stiradi. 
Keyingi yillarda, o’rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida amaliyotida o‘quv-chilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishni ta'minlaydigan o‘qitish va o‘rganishning samarali usullari ishlab chiqildi. 
Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har kaysi tarix o’qitish metodiga metodik usullarni uchinchi guruhi bo’lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda o’qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi, mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir. 
Shunday qilib, mazmunning o’ziga xos xususiyatlari, ta'lim-tarbiya vazifalari, o’quv materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq ruhiy jarayonlarning, idrok qilish, xotirada saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi metodik usullar tizimini belgilash mumkin: 
1. O’quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari. 
2. O‘quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya, mahalliy va statistik ma'lumotlarni 
mustahkamlash usullari. 
3. Tarixiy materialni o‘zlashtirish va o‘quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakl-lantirish usullari. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan holda ishtirok etadi Metodik usullarni tanlash o‘quv materialining xarakteri bilan bog’liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o‘rga-nishga qanday usullardan foydalanish kerakligini bilish bilan birga ularni o‘quvchilarning bilimi va bilish malakalariga muvofiq tarzda qo‘llash mahoratini ham egallash kerak .
Hozirgi kunda o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimlari amaliyotida qo‘llanib kelinayotgan, amaldagi o‘qish metodlarini asosan uch guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:

  1. Og‘zaki bayon qilish metodi.

  2. Ko‘rgazmalilik metodi.

  3. Amaliy metod.



Download 284.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling