Qo`qon davlat pedagogika institutining texnologik ta’lim sirtqi bo`lim 1-bosqich 102-guruh talabasi Ulug`boyeva Zuhraxonning “Falsafa” fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.97 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1150348
Bog'liq
Ulug`boyeva Zuhraxon borliq — копия

Qo`qon davlat pedagogika institutining texnologik ta’lim sirtqi bo`lim 1-bosqich 102-guruh talabasi Ulug`boyeva Zuhraxonning “Falsafa” fanidan “ Borliq” tayyorlagan TAQDIMOTI

ONTOLOGIYA – borliq falsafasi

ONTOLOGIYA – borliq falsafasi


Reja:
  • BORLIQ tushunchasi
  • Falsafa tarixida borliq muammosi
  • Borliqning asosiy shakllari

ONTOLOGIYA – borliq falsafasi


ONTOLOGIYA – falsafaning borliq muammosini o`rganuvchi
asosiy bo`limlarindan biri, borliq muammosi esa falsafaning bosh
muammolaridan biri. Falsafaning paydo bo`lishi aynan borliq
muammosini o`rganishdan boshlangan. Qadimgi hind, xitoy, antik
falsafa 1-navbatda ONTOLOGIYA bilan qiziqqan, borliq mohiyatini
anglashga harakat qilgan.
BORLIQ – bu real mavjud, o`z ichiga barcha jismlarni
oladigan, barqaror, mustaqil, obyektiv, doimiy, cheksiz
substantsiyadir.
SUBSTANTSIYA – o`z mavjudligi uchun o`zidan boshqa
hech narsaga ehtiyoj sezmaydigan mustaqil borliq.

ONTOLOGIYA – borliq falsafasi


ONTOLOGIYA
Borliq va yo`qlik muammolarini o`rganiladi
Har qanday falsafiy dunyoqarashning
negizi hisoblanadi
Atama falsafada faqat
XVII asrdan beri ishlatiladi

OLAMNING MANZARASI (BORLIQ)

ONTOLOGIYA – borliq falsafasi


ONTOLOGIYA
o`zaro
aloqada

Borliqqa munosabatning xilma - xilligi

Falsafa tarixida borliq muammosi


“Borliq” - kategoriyasi falsafa paydo bo`lishi bilan shakllangan va izchil
nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo`lsada, dunyo haqida odamlar
ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko`p sonli
afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan.
Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi
1-ming yillikda vujudga kelgan hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq
kuzatiladi.
Borliq haqidagi qarashlar ayniqsa yunon falsafasida rivojlandi.

Yunon olimlarining fikricha borliq


Falesning fikricha borliqning asosini suv tashkil qiladi.
Pifagor “hamma narsa sondir”, degan xulosaga keladi va Yerning sharsimon ekanligini birinchi bo`lib ta’kidlaydi.
Parmenid birinchi bo`lib borliqni kategoriya sifatida tavsiflaydi va maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi.
Anaksimenning fikriga ko`ra hamma narsani havo boshqaradi.

Yunon olimlarining fikricha borliq


Ksenafon hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi deb hisoblaydi.
Geraklit fikricha ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir.
Platon nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo`lib ko`rsatib berdi.
Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsfilab, ualrni “bo`shliq” – yo`qlikka zid o`laroq, “to`la” yoki “qattiq” borliq bilan tenglashtirgan.

Borliqning shakllari


Borliqning asosiy shakllari:
  • Moddiy borliq – tabiat va atrof olamdagi moddiy (masofa, massa, hajm, zichlikka ega bo`lgan) jismlar, narsalar, hodisalarning mavjudligi.
  • Ideal borliq – idealning mustaqil reallik sifatida individuallashgan ruhiy borliq va obyektivlashgan (individdan tashqaridagi) ruhiy borliq ko`rinishida mavjudligi.
  • Ijtimoiy borliq – insonning jamiyatda borligi va jamiyatning borligi (hayotning mavjudligi, rivojlanishi).
  • Inson borlig`i – insonning moddiy va ruhiy (ideal) birligi sifatida mavjudligi, insonning o`z o`zicha borligi va uning moddiy dunyoda borigi.
  • Noumenal borliq (noumen - so`zi, “o`z o`zicha”) – uni tashqaridan kim kuzatayotganligini anglashidan qat’iy nazar real mavjud borliq.
  • Fenomenal borliq (fenomen – so`zi, “tajriba orqali berilgan hodisa”) – zohriy borliq ya’ni biluvchi subyekt qanday ko`rishiga bog`liq.

Xulosa:


Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Makon va vaqt haqidagi falsafiy qarashlarning umumlashtirib va bu kategoriyalar mazmunini dunyo haqidagi hozirgi tabiiy ilmiy bilimlar bilan boyitib yuqorida aytilganlar nuqtayi nazaridan makon va vaqtning asosiy hossalarini qayd etib o`tamiz – makon ko`lamlilik bir jinslilik va ko`p o`lchovlilik bilan tavsiflanadigan mavjudlik tartibi, vaqt esa davomlilik, orqaga qaytmaslik va izotroplik, ya’ni mumkin bo`lgan barcha yo`nalishlarning teng huquqliligi hos bo`lgan voqealarning harakat tartibi va ketma-ketligidir.
E’tiboringiz uchun RAXMAT!!!
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling