QO’qon shahar 35-umumta’im maktabi ittifoq bilimdonlari tanlovi uchun savollar


Download 38.03 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2021
Hajmi38.03 Kb.
#182285
1   2
Bog'liq
BILIMDONLARI TANLOVI UCHUN SAVOLLAR

-birinchidan, bolalarning har tomonlama huquqiy manfaatlarini himoya qilish;

ikkinchidan, bolalarni milliy g’oya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bolalarda ona Vatanni sevish, ardoqlash, o’z Vatani bilan g’ururlanish va Vatan taraqqiyoti uchun o’z hissasini qo’shish tuyg’ularini kuchaytirish;

uchinchidan, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va asrab-avaylash ko’nikmalarini shakllantirish;

to’rtinchidan, bolalarda insonparvarlik va mehribonlik fazilatlarini tarbiyalash;

beshinchidan, bolalarning iqtidori va iste’dodini qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;

oltinchidan, bolalar o’rtasida sport bilan shug’ullanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajarish kabi qadriyatlarni targ’ib qilish;

ettinchidan, bolalarni ajdodlarimiz va xalqimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish, ular o’rtasida turizmni rivojlantirishdan iboratdir.

75. Kamalak tashkilotining huquqlari nimalardan iborat?

- bolalar masalalari bilan bog’liq tashabbus ko’rsatish, bolalar huquqini himoya qilish, ehtiyoj va manfaatlarini ro’yobga chiqarish yuzasidan Muassisga va u orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan xalqaro va xorijiy bolalar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

- belgilangan vazifalarning bajaralishini ta’minlash maqsadida davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining mablag’larini, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grandlarini jalb etish;

- davlatning mutasaddi organlari tomonidan bolalar masalalari bilan bog’liq qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ishtirok etish;

- o’z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish;

- o’z ramzini ta’sis etish;

- o’z faoliyati yo’nalishlari bo’yicha yig’ilishlar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari va madaniy tadbirlar o’tkazish.

76. Kamalak tashkilotining majburiyatlari sanang.

- qonun hujjatlari hamda Muassis qarorlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

- Muassis hamda zarur hollarda tegishli vazirlik va idoralarga o’z faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etish.

- bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo’lida bolalar va jamoatchilik oldida javobgardir;

77. Kamalak tashkiloti a’zoligi talablari nimalardan iborat?

namunali xulq-atvor;

besabab dars qolidrmaslik;

jamoat ishlarida faol bo’lishi lozim.

78. Kamalak tashkilot a’zolari safidan chiqarish qanday i hollarda amalga oshiriladi?

- tashkilot a’zosining o’z xohishiga ko’ra;

- tashkilotga a’zolik yoshidan o’tganda;

- tashkilot a’zosi bergan va’dasiga rioya etmagan taqdirda;

- tashkilot a’zosi tomonidan ushbu Nizomga zid bo’lgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilganda;

- tashkilotning faoliyati tugatilganda.

79. Kamalak tashkilotning barcha a’zolari qanday huquqlarga ega?

- tashkilot faoliyati to’g’risida ma’lumotlar olish, o’zlariga taalluqli bo’lgan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va shaxsiy fikrini bildirish;

- tashkilotning saylanma organlariga nomzod ko’rsatish, saylash va saylanish;

- Muassis Ustavi va ushbu Nizom doirasida tashkilot faoliyatida ishtirok etish, tashkilotning har qanday rahbar organiga ariza hamda takliflar bilan murojaat etish.

80. Kamalak tashkiloti a’zolarining burchlari sanang.

- tashkilotning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;

- Sardorlar Kengashi bilan doimiy aloqada bo’lish, uning qarorlarini bajarish.

81. Kamalak tashkilotning eng quyi bo’g’ini………

– ta’lim muassasalaridagi “Kamalak” bolalar tashkilotining Sardorlar Kengashi bo’lib, u bolalarni o’z atrofida birlashtiradi.

82.Agar sinfdagi o’quvchilar soni 10 nafardan kam bo’lganda…..

sinflarda Sardorlar Kengashi tuzilmaydi. “Kamalak” sardori faoliyati yo’lga qo’yiladi.

83. Kamalak boshlang’ich tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishida……….

- 9 nafardan iborat ta’lim muassasi Sardorlar Kengashi saylanadi.

84. Kamalak sardorlar Kengashining asosiy vakolat va vazifalari nimalaran iborat?

- tashkilotga oid masalalarni yig’ilishlarda muhokama etish;

- Kengash ishini faoliyat yo’nalishlari bo’yicha tashkil etish;

- Kengash a’zolari o’rtasida vazifalarni taqsimlash;

- ish rejalarni belgilash, mas’ullarning hisobotlarini eshitish;

- a’zolarning manfaatlarini himoya qilish.

85. Kamalak bolalar tashkiloti raisining asosiy vakolat va vazifalariga nimalar kiradi:

tashkilotning umumiy faoliyati, uning ijroiya organiga rahbarlik qilish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

turli idora, muassasa va tashkilot vakillari bilan tashkilot nomidan ish yuritish;

tashkilotning ijroiya organi yig’ilishlari bayon va qarorlarini imzolash;

tashkilot nomidan ishonch qog’ozisiz turli sub’ektlar (xalqaro, xorijiy va respublikaga oid yuridik hamda jismoniy shaxslar) bilan shartnomalar, shu jumladan, xo’jalik shartnomalarini imzolash;

belgilangan tartibda tashkilot mablag’larini tasarruf etish, tashkilotning umumiy faoliyatini, shu jumladan moliya-xo’jalik ishlarini tashkil etish.

86. Kamalak tashkilotining ijroiya organi Rayosatdir. Rayosatning a’zolari sonini ayting.

- Respublikada – o’ttiz besh nafargacha;

- Hududlarda – yigirma besh nafargacha;

-Tuman (shahar)larda – o’n besh nafargacha a’zolari bo’ladi, uning yig’ilishlari har olti oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.

87. Kamalak rayosatining asosiy vakolat va vazifalari nimalardan iborat?

tashkilot faoliyatiga doir masalalarni muhokama etish, qarorlar qabul qilish;

ish rejalarni tasdiqlash va mas’ullarning yarim yillik, yillik faoliyati bo’yicha hisobotlarini eshitish;

Rayosat tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

tashkilot tizimlarida uslubiy yordam ko’rsatish, xodim va faollarning malakasini oshirish ishlarini olib borish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish;

ko’rik-tanlovlarni tashkil etish, faollarni rag’batlantirish;

turli maqsadli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, ta’lim muassasalaridagi Sardorlar Kengashining faoliyatini yo’nalishlar asosida tashkil etishga ko’maklashish.

88.Kmalak bolalar tashkiloti Nizomi necha bob va banddan iborat?

-9nbob va 9 bandda

89. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”Prezident farmoni qachon chiqdi?

-2017 yil 5 iyul

90. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida……………….

- O’zbekiston yoshlar ittifoqining “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” jurnalihamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan“Yoshlar nashriyoti uyi”tashkil qilindi.

91. Nima uchun barcha akademik litseylarga Temurbeklar maktabi berilmoqda?

-Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o’rnak bo’lib xizmat qilishini inobatga olgan holda respublikaning barchaharbiy akademik litseylariga“Temurbeklar maktabi”nomi berilmoqda.

92. 5106 Prezident Farmonning ijrosini nazorat qilish kimga yuklatilgan?

-O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripovga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q.Kuranbaev zimmasiga yuklatilgan.

93. O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida PQ 3138 qachon chiqdi?

-2018 yil 18 iyul

94.Qaysi gazeta va jurnallar Yoshlar Ittifoqi nashrlari hisoblanadi?

-“Yoshlar ovozi”, “Molodoj Uzbekistan”, “Yoshlar plus”, gazetalari “Yosh kuch” jurnali.

95.PF 5106 necha banddan iborat?

-12 banddan

96. Maktab yoshlar ittifoq sardori kim?

-Qosimov Abdulaziz

97. Maktab istedodli yoshlar yo’nalishi sardori kim?

-Abdunazarov Nurmuhammad.

98. Maktab kamalak sardori kim?

-Ahmedov Ibratjon.

99.Yoshlar masalalari bo’yicha qo’qon shahar hokim o’rinbosari kim?

-Ergashev Azizjon

100. Qo’qon shahar Yoshlar ittifoqi Kengashi binosi qayerda joylashgan?

-Qo’qon qurulish kollej binosida.


Tuzuvchi Qo’qon shahar XTBga qarashli

35-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi: I.Ibragimova.






Download 38.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling