Qo’qon shahar xtbga qarashli 35-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi I. Ibragimovaning noyabr oyi uchun tayyorlagan


Download 14.23 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi14.23 Kb.
#1109252
Bog'liq
HISOBOT NOYABR


Qo’qon shahar XTBga qarashli 35-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi I.Ibragimovaning noyabr oyi uchun tayyorlagan
HISOBOTI
XTBning 2017 yil 23 oktyabrdagi 73-sonli buyrug’iga asosan maktabimizda noyabr noyabr “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligini tashkil etildi. Islom Karimov asarlarining mazmun mohiyatini keng targ’ib etish maqsadida mahallalar, oliy, o’rta mahsus, umumiy o’rta ta’lim muassasalari hamda mehnat jamoalarida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligini tashkil etish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi noyabr “Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovini o’qituvchilar o’rtasida birinchi bosqichini o’tkazdik. “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik tanlovini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad aholi ayniqsa yoshlar o’rtasida Birinchi Prezidenti asarlarini keng targ’ib etish, uning vatan manfaati, xalq farovonligi yo’lida amalga oshirilgan ulug’vor ishlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyat, an’analarga sodiq, yuksak ma’naviyatli avlodni shakillantirishdan iboratdir. Tanlovda maktabimizning yosh o’qituvchilaridan: ona tili v adabiyot fani o’qituvchisi M.O’rinboeva, matematika fani o’qtuvchisi M.Mo’minova, geografiya fani o’qituvchisi Z.Melieva, boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.Xushvaqova, maktabning “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi I.Ibragimova, kimyo fani o’qiituvchisi G.Tursunova va voshqalar ishtirok etdilar. Tanlov ishtirokchilari tanlovda o’zlarining Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari bo’yicha yozgan mustaqil ishlari va asarlardan berilgan savollarga javob berish orqali ishtirok etdilar. Bu o’qituvchilardan maktabning “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi-I.Ibragimova birinchi, MIG’ fani o’qituvchichi-Z.Anvarov ikkinchi, Tarix fani o’qituvchisi - M.Mirzaeva uchunchi o’rinni egalladilar. Noyabr oyining birinchi haftasida “Kamalak yulduzchalari” ko’rik tanlaovi maktab bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov 1-7 sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tdi. Tanlovda “milliy va zamonaviy raqs” yo’nalishi bo’yicha ishtirok etgan 2 “A” sinf o’quvchisi M.Abdullayeva g’oliblikni qo’lga kiritdi. 8-9 sinf o’quvchilari o’rtasida 10-noyabr kuni “Biz terrorizmga qarshimiz” mavzusida ijodiy insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 9 “B” sinf o’quvchisi M.Yuldasheva g’oliblikni qo’lga kiritdi. 13-noyabr kuni maktabning 8-10 sinf o’quvchilari ishtirokida “Ommaviy ma’daniyat” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida maktab MMIBDO’ M.Qobulova, yoshlar yetakchisi I.Ibragimova ma’ruzalari eshitildi va o’quvchilarning ommaviy ma’daniyat haqidagi fikrlari so’raldi. 14-noyabr kuni maktab MMIBDO’ S.Nurmatov, maktab inspektori Yo.G’ofurov, maktab psixologi bilan hamkorlikda o’quvchilar o’rtasida “Tig’” tadbirini o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilarga maktabga kelib-ketish, kiyinish, darslarda faol qatnashish keraklgi haqida uqtirib o’tildi.18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`ining 26 yilligiga bag’ishlangan “Hilpira bayrog’im” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar faol qatnashdi. 18-noyabr kuni hisobot Qo’qon shahar “Yoshlar Ittifoqi ” kengashiga taqdim etildi.
Yoshlar yetakchisi: I.Ibragimova.
Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling