Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
TADQIQOT NATIJASI Kichik guruhdagi bolalarni didaktik o‘yinlarga o‘rgatish mobaynida “Nilufar guli” va “Ishbop o‘yin” mеtodlaridan foydalanish samarali usul hisoblanadi va quyidagicha izohlanadi: 1. Didaktik o‘yinga o‘rgatish mobaynida yosh bolalar uchun faol, qiziqarli mashg'ulotlar orqali qobiliyat va o‘ziga xos xususiyatlar aniqlashtiriladi; 2. maktabgacha yoshdagi bolalar uchun didaktik o‘yin harakatlari ishlab chiqiladi; 3. o‘yin bolalarga yangi bilim beradi va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytiradi; 4. bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadi; 5. bolada do‘stona munosabatlar tarbiyalanib, jamoa hayoti malakalari, tashkilotchilik qobiliyatlari shakllantiriladi; 6. tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida haqqoniylikka, tengdoshlari o‘rtasida javobgarlik hissining boshlang’ich ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Didaktik o‘yinlarni bu metodlardan foydalanib olib borish bolada ta’lim sifatini oshirish va o‘yinga qiziqish, hayotiy vaziyatlarni o‘yin orqali hal qilish, ta’limni noan’anaviy o‘yin usuli orqali tashkil etishni didaktik tamoyillaridan foydalanishni ko‘rsatib beradi. Didaktik o‘yin muammosi xorijiy adabiyotlarda ham ko‘rib chiqildi. Bunga misol qilib amerikalik olim U.M. Glasser XX asrning birinchi yarmida didaktik o‘yin bo‘yicha tadqiqotlarning qisqacha mazmunini tuzib chiqdi. Bolalar oʻyinlarining biologik va psixologik nazariyalarini koʻrib chiqishni umumlashtirib, u oʻyinni aniqlash va tasvirlashdagi qiyinchiliklar tufayli taʼlimotlarning aksariyati nazariy ishlarga emas, balki empirik bilim - bu shaxsning dunyo bilan o‘zaro aloqalarida, ilmiy bilimlarga murojaat qilmasdan to‘plagan barcha bilimlari bo‘lib, kuzatishlarga qaratilganligini taʼkidladi. Shunga qaramay, quyidagi ta'rif berildi: "Inson o‘yini - bu odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharoitlardan tashqarida qayta tiklanadigan faoliyatdir”. O‘rganishlardan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotida didaktik o‘yinlar bolalar bog'chasida ta'limning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib, natijalarga ko‘ra 3-4 yoshli bolalarda didaktik o‘yinlarni olib borishda quyidagicha tahlil qilinadi: • didaktik o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirish; • bolalar didaktik o‘yinlari hissiyotlarni rivojlantirish; • o‘yin jarayonida bolalar o‘zlarini o‘rab turgan narsalarga, kundalik hayotning hodisalariga, tabiatga, o‘yinlarga to‘g'ri munosabatni shakllantirish; • o‘yin shaxsning asosiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi; • bolaning bilimini chuqurlashtiradi, aqliy tarbiyani rivojlantiradi; • o‘yinda bola so‘z boyligini oshiradi, ham faol, ham passiv, tovushlarni va butun so‘zlarni to‘g'ri talaffuz qilishni, jumlalarni tuzishni, o‘z fikrlarini aniq ifoda etishni o‘rganadi. • tengdoshlar va kattalar bilan bo‘lgan munosabatlar, turli xil shaxsiy xususiyatlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. • didaktik o‘yin bolalarda kognitiv jarayonlar va qobiliyatlarni rivojlantiradi, ular aqliy faoliyatning ijtimoiy rivojlangan vositalari va usullarini o‘zlashtiradi. Didaktik o‘yinlarni ulardagi bolalarning nima egallashi va o‘ziga jalb etishi nuqtai nazaridan tahlil qilsak, birinchi navbatda bu bolalarning faolligini rag'batlantiradi, ularda qoniqish hissini uyg'otadi. O‘yin shaklida yashiringan didaktik vazifa bola tomonidan yanada muvaffaqiyatli hal qilinadi, chunki uning e'tibori birinchi navbatda o‘yin harakatini qo‘llash va o‘yin qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling