Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

“Ishbop o‘yin” mеtodi - bеrilgan topshiriqlarga ko‘ra yoki 
o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi 
boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, 
aks ettirish) mеtodi hisoblanadi. O‘yin faoliyati biron bir tashkilot 
vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining xulq-atvori va 
ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali bеriladi.
1-jadval 
3-4 yoshli bolalarga didaktik o‘yinlar orqali ta’lim berish usullari 
 
Maqsad: rivojlanish hissiy idrok, ob'yektlar bilan harakatlar 
asosida qo‘l-ko‘zni muvofiqlashtirishni shakllantirish. Vazifalar: 
bolalarning ranglar va ularning soyalari haqidagi g'oyalarini 
birlashtirish, ob'yektlarni rang bo‘yicha guruhlash qobiliyati, ularni 
bir-biriga qo‘llash orqali ob'yektlarni rang bo‘yicha taqqoslashni 
o‘rganish, ob'yektlar bilan harakatlar asosida qo‘l-ko‘zni 
muvofiqlashtirishni shakllantirish, "bunday" tushunchalar bilan 
tanishtirish, "bunday emas", "bir xil", "boshqa".
Bir tomondan o‘yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq 
natijalarga ko‘ra ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirish 
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Ishbop o‘yinda rollar va rollarning
maqsadi aralashgan holda bo‘ladi. Ishtirokchilarning bir qismi 
qat'iy bеlgilangan va o‘yin davomida o‘zgarmas rolni ijro etishlari 
lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarida shaxsiy tajribalari va bilimlari 
asosida o‘z maqsadlarini bеlgilaydilar. Ishbop o‘yinda har bir 
ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kеrak. Shuning uchun 
vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli xaraktеrga ega. Har bir 
ishtirokchi avval o‘zining vazifasi bo‘yicha qaror qabul qiladi
so‘ngra guruh bilan maslahatlashadi. O‘yin yakunida har bir 
ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. 
AFZALLIKLARI 
KAMCHILIKLARI 

Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilish metodikasini egallagan bo‘lishi hamda o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishi 
asosiy sharti hisoblanib kelinmoqda. 

Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, ko‘nikmalar va tushunchalar beriladi. 

O‘yinlarda bolalar har tomonlama rivojlanishi, bilish jarayoni, nutq faoilyati, aqliy qobilyatlari takomillashadi. 

Bolalarga didaktik o‘yin orqali talim berish mobaynida kognitiv, aqliy va jismoniy faoliyati rivojlanadi.

O‘yin o‘ynash jarayonida bolaning yirik motorika, mayda motorika, sensomotorikasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tarbiyachi 
bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish jarayonida o‘yinning mazmuni va qoidalari haqida bolalarga tushuncha va ma'lumotlar beriladi. 
Masalan, bolalar guruh bo‘lib o‘yin o‘ynash orqali chaqqonlik, epchilik, tezkorlik , tengoshlari bilan o‘zaro hamkorlik, bolalarni bir-biriga 
bo‘lgan mehr-muhabbati, do‘stona munosabat va boshqalar. 

aqliy va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi - bolalar yangi ma'lumotlarni o‘rganadilar, ularni umumlashtiradilar va 
mustahkamlaydilar, atrofdagi voqelikning turli ob'yektlari, hodisalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi bilimlarini 
kengaytiradilar.

Xotira rivojlanadi, barcha turdagi e'tibor, kuzatish, bolalar hukm va xulosalar chiqarishni o‘rganadilar; nutq - faol lug'atning 
to‘ldirilishi va uning nutq faoliyatida aktuallashuvi mavjud; ijtimoiy va ma'naviy qadriyatlar - bolalar o‘zlari va kattalar o‘rtasidagi, jonli 
va jonsiz tabiat ob'yektlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadilar, bolalar hamdard bo‘lishni, bir-biriga bo‘ysunishni, adolatli bo‘lishni, 
boshqalarga nisbatan e'tiborli bo‘lishni o‘rganadilar. 

O‘yin orqali bolalar 
o‘rtasida raqobat muhiti 
shakllanadi. 
Bolaning 
jismoniy 
harakatlari 
sustlashadi.

Didaktik o‘yin orqali 
bolalarga 
individual 
yondashishning 
imkoniyati 
darajasi 
kamayadi.

Bolalar o‘yin o‘ynash 
jarayonida aqliy salohiyati 
pasayadi. 


 
www.herald.uz
 
58

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling