6-rasm. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda
tarbiyachi metodlar qo‘llashi (foizda).
Ushbu savolga so‘rovnoma qatnashchilari imkoniyati
cheklangan bolalar bilan ishlashda metodlar tanlashda qaysi
xususiyatlariga qaraysiz deyilganda 25% “metodlar shart emas”,
40% “yosh xususiyatlariga qarab” va 35% “qiziqishiga qarab”,
degan javoblarni tanlashgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan
ishlashda metod tanlashda har birining yosh xususiyatlariga
qarash kerak. Albatta, bolaning ruhiy va jismoniy tarafdan
rivojlanib borishi bolaning yosh xususiyatlariga bog‘liq. (6-rasm)
Biz o‘tkazgan so‘rovnomalar natijasiga ham e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, ko‘pchilik maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
imkoniyati cheklangan bolalar uchun shart-sharoitlar
yaratilmagan yoki tarbiyachi pedagogik mahoratga ega emasligi
ko‘rsatilib o‘tilgan.
Ko‘pchilik so‘rovnoma qatnashchilari imkoniyati cheklangan
bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhimligiga qo‘shilishgan.
Imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-ona mazkur vaziyatdan kelib
chiqib, ularda bor qiziqishlarni aniqlab, maktabgacha ta’lim
tashkilotiga berishda tarbiyachi bilan doimiy hamkorlikda bo‘lishi,
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar imkoniyati
cheklangan bolalar bilan muloqot qilish, guruhda mashg‘ulotlar
o‘tkazishga pedagogik mahorati bo‘lishi va imkoniyatlari
cheklangan bolalarning har biri bilan alohida shug‘ullanishi,
tengdoshlari bilan birdek ta’lim olishiga yetarlicha imkoniyat
yaratib berishi kerak. Imkoniyati cheklangan bola tengdoshlaridan
ajralmasligi uchun tarbiyachi guruhda sog‘lom muhit yaratishi,
ya’ni bolalarga imkoniyati cheklangan tengdoshiga qiynaladigan
ishlariga yordam berishi va do‘stlashishi kabi tushunchalarni
o‘rgatishi sog‘lom bolalar ongiga singdirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |