Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Qo‘qon universiteti xabarnomasi 
(“Вестник Кокандского универ-
ситета – Kokand University
Herald”) ilmiy-elektron jurnali 
Qo‘qon universiteti Kengashining 
qarori-ga asosan tashkil etilib, 
2020-yil 10-oktabrda O‘zbekiston 
Respub-likasi Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi 
Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi
to-monidan №1138 raqami bilan 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shuning-
dek davlatlararo standartlar talabi 
asosida O‘zbekiston Milliy 
kutubxonasidan jurnal uchun 
2181-1695 ISSN-raqami olingan. 
 
Ilmiy-amaliy jurnali
 
3/2022
QO‘QON UNIVERSITETI 
XABARNOMASI


 
www.herald.uz
 

MUQADDIMA 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim 
sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi”, deb bejiz 
ta’kidlamagan. Prezidentning 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni ijrosi asosida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini 
oshirish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, maktab-
gacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va interfaol 
ta’lim texnologiyalarini kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktabgacha 
ta’lim tashkilot-lari pedagog-xodimlarining professional tayyorgarligi va maho-
ratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi asosida izchil ishlar amalga 
oshirilyapti. 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim va tarbiya 
jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan 
xorij tajribasining nazariy asoslarini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish ta’lim 
tizimini yana bir pog‘ona rivojlantirishda muhimdir. Qo‘qon universiteti 
“Xabarnomasi”ning maxsus sonida jamlangan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 
talabalarining maqolalarida aynan tizimga oid xorij tajribalari va ularni 
mamlakatimiz ta’lim jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati keng yoritilgan.
Joriy to‘plamda maktabgacha ta’lim tizimiga oid 15 dan ziyod dolzarb 
mavzular chuqur tahlil etilgan. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshirish, tarbiyachi-
pedagoglar tomonidan qo‘llaniladigan interfaol va noan’anaviy uslublar
bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkich-
larini kuzatib borish, shuningdek, bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini 
inobatga olish, ularni savodga tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha xorijiy zamonaviy 
tajribalar o‘rganilgan. ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma va 
tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bolalarga o‘yinlar orqali ta’lim-tarbiya berish 
usullari, ilg‘or metodlar, bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari, katta 
guruh tarbiyalanuvchilarining nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini 
shakllashtirishning samarali va interfaol usullari qayd etilgan. Maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy va 
mamlakatimiz olimlarning nazariy qarashlari jamlangan.
Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: 
“Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, 
ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimiz-
dan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men 
bunga ishonaman”.
Ushbu jurnalda jamlangan ilmiy ishlar bolalarga yoshligidan yaxshi ta’lim-
tarbiya berish, ularning kelajagi uchun puxta poydevor hozirlash, ta’lim 
berishning zamonaviy usul va metodlarini hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling