Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

KALIT SO‘ZLAR
 
Maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, 
erta bolalik, nuqsonli bolalar, maxsus 
bog‘chalar
 
 
 
 
 
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida nogironligi bo‘lgan 
yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va bu orqali ularni sog‘lom 
jamiyat muhitiga ortiqcha ijtimoiy to‘siqlarsiz adaptiv 
moslashishini kafolatlash bu boradagi davlat islohotlarining 
ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda, jismoniy imkoniyati 
cheklangan o‘quvchi-yoshlarni inklyuziv shart-sharoitlar 
asosida bosqichma-bosqich umumta’lim muassasalariga jalb 
etish, ularning huquqiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirish
alohida e’tiborga muhtojlarni davlat va jamiyat uchun sifatli kadr 
qilib voyaga yetkazish bu boradagi davlat siyosatining 
mohiyatini tashkil etadi. 
Mamlakatimizda 
imkoniyati 
cheklangan 
bolalarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosati darajasida ko‘tarilmoqda. 
2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarorida
1
2020-
2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim 
xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha qator vazifalar belgilab 
berildi. Ushbu qarorda ham alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan 
bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tajriba-sinov 
tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida 
joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 
joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari 
boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi. 
Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan 
bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim 
muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari 
boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvar oyida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-
son Farmonining
2

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling