Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Har bir soha rivojida ilm-fanning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Ya’ni, 
ta’lim 
sohasining 
samaradorligi 
davlat 
taraqqiyotining ishonchli kafolati sanaladi. Shu ma’noda, davlat 
har bir shaxsning chuqur va puxta bilim olishi uchun keng 
qamrovli imkoniyatlar yaratib beradi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan insonlarning ta’lim olishi 
bo‘yicha ham hukumat zarur davlat dasturlarini ishlab chiqadi va 
ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritadi. Bu kabi davlat 
dasturlarining amaliyotga tatbiq etilishi jismoniy imkoniyati 
cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olish sifati oshishiga xizmat 
qiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, alohida ehtiyojli insonlar 
uchun ta’lim sohasi ular hayotining muhim sharti sifatida qabul 
qilinadi. 
Biz o‘z tadqiqot ishimizda kuzatish, taqqoslash hamda 
tahlil qilish metodlari va VENN diagrammasidan keng 
foydalandik. Tadqiqotlarimiz natijasida O‘zbekistonda inklyuziv 
ta’lim metodologiyasi bir qator o‘ziga xos xususiyatlar va 
yondashuvlarga ega ekanligi aniqlandi (1-rasm).
1-rasm: O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etish xususiyatlari 
 
Ijtimoiy muhitga moslashuv – bunda, nogironlarning ta’lim 
va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda atrof-muhit hal qiluvchi o‘rin 
egallaydi. 
Tartibga solish – ushbu yondashuvda ta’lim sohasining 
tartibga solinishi va boshqarilishi tushuniladi.
Ijtimoiy yondashuv nogiron o‘quvchilarning jamiyatga 
integratsiyalashuvini nazarda tutadi. 
Assotsiatsiyaviy yondashuv inklyuziv ta’limning yakuniy 
maqsadi nogiron o‘quvchi shaxsining moslashuvchan 
salohiyatini oshirish ekanligini tushunishga asoslanadi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv nogiron o‘quvchining 
shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olishga 
qaratilgan. Bu yerda dinamika shaxsiy yo‘nalishlarning 
shakllanishini hisobga olishi muhimdir. Ya’ni, nogiron o‘quvchi 
ham odatdagi shaxs kabi o‘quv jarayonida rivojlanishi, uning 
shaxsiy yo‘nalishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlari o‘zgarishini 
hisobga olish kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling