Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
www.herald.uz
 
9
Shunday qilib, yuqoridagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
ko‘pchilik insonlar nogironlarni jamiyatda ko‘rishni va ular bilan 
birga yaqin munosabatda bo‘lishni xohlashmaydi. Atrofdagilar 
imkoniyati cheklangan insonlarning kasalliklari yuqumli deb 
hisoblashadi, shuning uchun ham ular bilan ko‘p aloqa 
bog‘lashmaydi. Ularni nafaqat inklyuziya haqidagi, balki, 
imkoniyati cheklangan shaxslar haqidagi bilimlari ham yetarli 
emas. Ularni to‘liq holatda tasavvur qilishga qodir emas. 
Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati 
cheklangan bolalar uchun ta’lim berishni VENN diagrammasi 
misolidagi tahlili: 
Yuqoridagi VENN diagrammasi tahlilida ham ko‘rinib 
turibdiki, jahondagi ta’lim tizimi eng rivojlangan ikki davlatda 
qisman umumiy o‘xshashliklar mavjud, ularning asosini tashkil 
qiluvchi qismlarda o‘xshashliklar kuzatilmaydi. Maktabgacha 
ta’lim tizimida ikki davlatning asosi ikki xilda. Lekin har ikki davlat 
maktabgacha ta’lim tizimi ham, inklyuziv ta’lim tizimi ham dunyo 
bo‘yicha tan olingan.
Endi jahondagi imkoniyati cheklangan bolalar va ularning 
oilalariga 
ko‘rsatiladigan 
yordamga 
to‘xtalsak. 
Oilalar 
tomonidan qoplanadigan nogironlik bilan bog‘liq qo‘shimcha 
xarajatlarning hisob-kitoblari Buyuk Britaniyada daromadning 
11-69%ini, Avstraliyada 29-37%ini, Irlandiyada 20-37%ini, 
Vetnamda 9%ini, Bosniya-Gersegovinada esa 14%ini tashkil 
qiladi. Bu xarajatlarga bevosita xarajatlar (masalan, davolanish, 
sayohat, reabilitatsiya yoki parvarish bo‘yicha yordam) va 
imkoniyat xarajatlari kiradi, chunki ota-onalar va boshqa oila 
a'zolari odatda bir yoki bir nechta nogiron bolalarga g‘amxo‘rlik 
qilish uchun ishni tark etishlari yoki ish soatlarini qisqartirishlari 
kerak.
16
7
Bu ko‘rsatilayotgan yordamlarning foizlari juda ham oz 
miqdorda. Vaholangki, yordamga eng muhtoj qatlam aynan 
imkoniyati cheklangan shaxslar hisoblanadi. Bu holat 
rivojlangan mamlakatlarda atigi shu foizlarni tashkil qilsa, hali 
rivojlanayotgan va rivojlanishi sust bo‘lgan mamlakatlarning 
aholisi qanday yordam olmoqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Nafaqat 
jahondagi 
rivojlanishi 
sust 
davlatlar 
yoki 
rivojlanayotgan davlatlarda, balki O‘zbekistonning o‘zida ham bu 
ko‘rsatkichlar qoniqarli darajada emas.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling